Muxammaslar
Lola dog‘ o‘lur (85)
Asos g‘azal aniqlanmagan · Yor go‘zalligi va hijron · 7 band
Mutaxassis tasdiqlagan
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tushti to yuzing uzra zulfi anbar afshonlar,
- Shavq o‘ti aro qildek o‘rtanur tanu jonlar,
- Bo‘lsa oshiqing tong yo‘q olam ichra jononlar,
- Partavi jamolingga zor huru g‘ilmonlar,
- Zulfing olida hayron sunbuli gulustonlar.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qoldi ko‘z ochib nargis hayrat ichra subhu shom,
- Bordi sarv jismidin sabru toqatu orom,
- Toki bog‘ sayrig‘a noz birla qo‘yding kom,
- Siymivash qapog‘ingi nogahon ko‘rub bodom,
- Tosh aro o‘zin soldi rashkidin yutub qonlar.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Savr borg‘usi o‘zdin qomating ravon ko‘rgach,
- Lola dog‘ o‘lur, xoling yuzda nogahon ko‘rgach,
- Gul netong nisor etsa, orazingni jon ko‘rgach,
- Kulgu chog‘i la’lingdin bog‘ aro ayon ko‘rgach,
- G‘unchalar nazar qilg‘oy chok etib giribonlar.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Toki bo‘lmisham, jono, oshiqi talabgoring,
- Yetdim o‘lgali aylab orzuyi diydoring,
- Vah, nedin yashurg‘ungdur parda ichra ruxsoring,
- Gul yuzing firoqida bulbuli vafodoring,
- Har sahar qilib yoding, aylar ohu afg‘onlar.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sonchibon qoshing shavqi ko‘kragimg‘a yuz xanjar,
- Kirpiging urar har dam jonim ichra ming nashtar,
- Laxta-laxta qon ondin bag‘rim o‘ldi sartosar,
- Yod etib labi la’ling lahza-lahza, ey dilbar,
- Aylaram ravon ko‘zdin qatra-qatra marjonlar.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yelga bordi ohimdin charx o‘ylakim yaprog‘,
- Qon yoshim bila bo‘ldi lolazor dashtu tog‘,
- Rahm agar bu holimga qilsang emdi yaxshi chog‘,
- Loladek g‘amu hajring ko‘ksum uzra qo‘ymish dog‘,
- Vasl ila yetur, jono, dardim uzra darmonlar.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qilgil Ogahiy tab’in lutf ila sarosar xush,
- Kim, xush aylasa oshiq xotirini dilbar xush,
- Sendin etmak istaydur vaqtin, ey siymbar xush,
- Ayla komironingni jomi vasl ila sarxush,
- Toki qolmasun ko‘ngli ichra necha armonlar.