Muxammaslar
AMIRIY G'AZALIGA MUXAMMAS (65)
Amiriy g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 5 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 426-427-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 5 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Shahsuvorimkim, quyoshdek husn maydonidadur,
- Ishqdin ushshoqning sho'rish dilu jonidadur,
- Dema yolg'uz, sho'rofat chashmi fattonidadur,
Asos g‘azal bayti
- Ul parikim, fitnayi ayyom farmonidadur,
- Yuz qiyomat jilvasi tahriki mujgonidadur.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Oy bila kun tinmayin parvonadek laylu nahor,
- Oylanib sham'i jamolingni ko'rarga bo'ldi zor,
- Chun namoyon aylading mushkin niqobingdin uzor,
Asos g‘azal bayti
- Ne qamardin bo'ldi zohir, ne quyoshdin oshkor,
- Ul tajallikim yuzung xurshidi tobonidadur.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar mani Majnung'a har dam yuzlanib dard-u mihan,
- Xalqdin qochib junun sahrosini qilsam vatan,
- Ushbu holimg'a qilib har biringiz har nav' zan,
Asos g‘azal bayti
- Demang, ey jam'iyat ahli, "Ne uchun oshuftasan?"
- Telba ko'nglum manzili zulfi parishonidadur.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Subhi davlatdur ayon dilbarliging ayyomidin,
- Obi hayvondur nishon la'ling mayi gulfomidin,
- Surmayi "mo zog'" erur zohir ko'zung bodomidin,
Asos g‘azal bayti
- Oyati "Val-layl" erur ta'biri zulfing shomidin,
- Surai "Vash-shams" tafsiri yuzung shonidadur.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Aql-u hushimni berib xayli balo torojig'a,
- Qasd qildi xasta jonimning yono torojig'a,
- Ogahiy, naylay oning man benavo torojig'a,
Asos g‘azal bayti
- Verdi ko'nglum kishvarin oxir jafo torojig'a,
- Javrlarkim ul Amiri husn davronidadur.