Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

MUHAMMAD ALIXON G'AZALIGA MUXAMMAS (66)

Muhammad Alixon g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 427-428-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Inju tishi jon Qulzumi ichra guharimdur,
  2. Rangin labi dil ma'danida la'llarimdur,
  3. Bu lahzaki mahrumi jamoli nazarimdur,
Asos g‘azal bayti
  1. Durlu edajak domanimi chashmi tarimdur,
  2. Purla'l edan chashmimi xuni jigarimdur.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. To oyinayi ishq aro jilvanamoyam,
  2. To hajr biyobonida majnuni gadoyam,
  3. To vasl talab aylagali besaru poyam,
Asos g‘azal bayti
  1. G'am gulshani ichra dikilan naxli baloyam,
  2. Kim dog' banim bargimu ashkim samarimdur.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul mehrliqo tark dutub ulfatu mehri,
  2. Yoshurdi sorub zulfi parishon aro chehri,
  3. Ohim o'ti yoqsa no'la ruxsorayi mehri,
Asos g‘azal bayti
  1. Ul o'tki biroxduqcha dutar yedi sipehri,
  2. Mehri ruxidan shu'layi ohi saharimdur.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chix, sarvi ravon, etma bu dam bog' nishiman,
  2. Nargis yuri, san dog'i maqom aylama gulshan,
  3. Bulbul iki minqoringi et noladan alkan,
Asos g‘azal bayti
  1. Der gullaringi bodi sabo sahni chamandan,
  2. Kim bog'a gezan ul yuzi gulbargi tarimdur.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Manzil o'lali zor tanim kulbasi jona,
  2. Ko'z yoshi, ko'ngul qoni ravon o'ldi jahona,
  3. Gar vajhin oning so'rsangiz, ey ahli zamona,
Asos g‘azal bayti
  1. Xuni dilimi simi sirishk ila ravona,
  2. Har lahza edan yod ruxi siymbarimdur.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Uns aylamayub bir nafas ichra vatanimla,
  2. Sahro gezaram har nafas uryon badanimla,
  3. Devonaliqim yetti kamola bu fanimla,
Asos g‘azal bayti
  1. Bir yoziya Majnun agar ermishdi banimla,
  2. Vermishdi junun dashtida xush rohbarimdur.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishq ahlina yog'du kun erur baxti siyahliq,
  2. Dard ichra ulug' davlat erur holi tabahliq,
  3. Kel, ayla manga, Ogahiy, san emdi sipahliq,
Asos g‘azal bayti
  1. Vor ishq diyorida musallam manga shahliq,
  2. Xon shu'lau ohim boshima toji zarimdur.