Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (67)

Feruz g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 428-429-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Borib yor oldig'a man zori bemor,
  2. Chekib un, yig'ladim bisyor-bisyor,
  3. Bu holimni ko'rub lutf aylab izhor,
Asos g‘azal bayti
  1. Kulub dedi manga ul yori xunxor:
  2. "Bo'lubmusan manga asru giriftor?!"
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Degach bu so'zni la'li shahdbori,
  2. Borib aqlim inonu ixtiyori,
  3. To'kub ashku, qilib afg'onu zori,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedimkim: oshiqi zoringman, ore,
  2. Netaykim, vaslinga yo'l bermas ag'yor.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Firoqing ichra sabr aylab damo-dam,
  2. Xayoling birladurman shod-u xurram,
  3. Va lekin bilgil, ey yaktoyi olam,
Asos g‘azal bayti
  1. Sango ag'yor hamdam bo'lsa bir dam,
  2. Maning bag'rim bo'lur afgor-afgor.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chu san ag'yorg'a qilsang tabassum,
  2. Man o'lg'um lol eta olmoy takallum,
  3. To'karman ko'z yoshim andoqki anjum,
Asos g‘azal bayti
  1. Bu holimni ko'rub, qilg'il tarahhum,
  2. Bo'lubman dardi ishqingdin base zor.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu so'zdin so'ng olib burqa' yuzidin,
  2. Necha imo qilib qosh-u ko'zidin,
  3. Muruvvat zohir aylab o'z-o'zidin,
Asos g‘azal bayti
  1. Tabassum birla dur sochib so'zidin,
  2. Dedikim: ne g'araz bu so'zdin, ey yor.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Man oning bu savolidin topib jon,
  2. Nihoyatsiz bo'lub masruru shodon,
  3. Tuto olmoy ko'ngul sirrini pinhon,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: la'lingdin etgil bo'sa ehson,
  2. Dedi: bu nukta bordur asru dushvor.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chu berdi yor bu yanglig' javobim,
  2. Ko'p oldi Ogahiydek pechu tobim,
  3. Burung'idin ziyod o'ldi azobim,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'rub ul damda behad iztirobim,
  2. Dedi: Feruz bo'lg'um sanga g'amxor.