Muxammaslar
ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (68)
Rojiy g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 11 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 430-431-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 11 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Necha, necha, necha yil furqat ichra shom-u sahar,
- Kecha, kecha, kecha erdi jahon manga yaksar,
- Bukun, bukun, bukun altofi Haq bo'lub yovar,
Asos g‘azal bayti
- Quyosh, quyosh, quyoshoso jamolin ul dilbar,
- Ochib, ochib, ochib olamni ayladi anvar.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kulub, kulub, kulub aylab ado lutf-u shior,
- Bedov, bedov, bedov shahab ot uza bo'ldi suvor,
- Chopib, chopib, chopib etti necha o'yun izhor,
Asos g‘azal bayti
- Ko'rub, ko'rub, ko'rub oni yiroqdin mani zor,
- Sochib, sochib ohim bila jahong'a sharar.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To'kub, to'kub, to'kub ashkimni soldi ondoqkim,
- Quyun, quyun, quyun ohimni qildi ondoqkim,
- Tilim, tilim, tilim a'zoni tildim ondoqkim,
Asos g‘azal bayti
- Borib, borib, borib o'zdin yiqildim ondoqkim,
- Tanim, tanim, tanim ichra yo'q erdi jondin asar.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul oy, ul oy, ul oy ul chog'da markabin surubon,
- Tumon, tumon, tumon anvo'i lutf ila yurubon,
- O'zin, o'zin, o'zin ustimga tokim yetkurubon,
Asos g‘azal bayti
- Maning, maning, maning ushbu yiqilmoqim ko'rubon,
- Yurub, yurub, yurub o'ldi qoshimg'a lutfovar.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qarob, qarob, qarob aylab manga takallumlar,
- Qilib, qilib, qilib ahvolima tarahhumlar,
- Tuzub, tuzub, tuzubon va'dayi tana'umlar,
Asos g‘azal bayti
- Kelib, kelib, kelib aylab necha tabassumlar,
- Turub, turub, turub etti talattuf ila nazar.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Karam, karam, karam etmak rusumin etmay bas,
- Qoshim, qoshim, qoshima etti ul Masihnafas,
- Yotib, yotib, yotib erdim man ul sifatkim xas,
Asos g‘azal bayti
- Tutub, tutub, tutub ilkim dedi: qo'p, ey bekas!
- Ketib, ketib, ketib o'zdin el ichra bo'lma bimar.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Boshim, boshim, boshim uzra yetib nechukki quyosh,
- Ajab, ajab, ajab ehsonlar aylagach manga fosh,
- Ko'zum, ko'zum, ko'zum oqizdi shodlig' bila yosh,
Asos g‘azal bayti
- Qo'pub, qo'pub, qo'pub ul dam qo'yub ayoqig'a bosh,
- Dedim, dedim, dedim et rahm ey pari paykar.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Solib, solib, solib ul oy quloq so'zim eshit,
- Bora, bora, bora ko'nglin oning so'zim eritib,
- Yovuq, yovuq, yovuq asru kelib, qoshimg'a yetib,
Asos g‘azal bayti
- Boqib, boqib, boqib ahvolimg'a tarahhum etib,
- Dedi, dedi, dedi bu zor emish base muztar.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Manga, manga, manga ul iltifot chog'i dedi,
- Kuyub, kuyub, kuyub o'lding g'amim o'chog'i dedi,
- Sanga, sanga, sanga loyiq labim bulog'i dedi,
Asos g‘azal bayti
- Labin, labin, labin og'zimg'a qo'ydi dog'i dedi,
- Totib, totib, totib et ushbu totli yo shakar.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bilib, bilib, bilib ul iltifot konbaxshin,
- Quchub, quchub, quchubon paykari amonbaxshin,
- Shimib, shimib, shimib o'pdim uzori jonbaxshin,
Asos g‘azal bayti
- So'rub, so'rub, so'rub ul dam labi ravonbaxshin,
- Qasam, qasam, qasam ichdim dedim, bu ey dilbar.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Dame, dame, dame o'lturmay Ogahiy emin,
- Bu so'z, bu so'z, bu so'z oyturdin o'lmading sokin,
- Raqam, raqam, raqam teding bu nav' so'zligin,
Asos g‘azal bayti
- Uyol, uyol, uyol, ey Rojiy, ushbu so'zlardin,
- Magar, magar, magar etmishsen o'zga yova hunar.