Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (69)

Feruz g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 431-432-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chobuk samandini surub tez aylakim duldul bukun,
  2. Har yon rikobida yurub shahlar nechukkim qil bukun,
  3. Bog' jamolig'a qilib gesusini sunbul bukun,
Asos g‘azal bayti
  1. Bazmimg'a keldi ul pari ruxsorin aylab gul bukun,
  2. Cheksam netong o'tlug' navo ul nav'kim bulbul bukun.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Mehr-u vafo rasmin tutub ul mohipaykar, ey ko'ngul,
  2. Aylab parishon yuz uza zulfi muanbar, ey ko'ngul,
  3. Bazmimg'a kelgach o'ylakim ruhi musavvar, ey ko'ngul,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'ldi shomim mushk isi birla muattar, ey ko'ngul,
  2. Yuz uzra yozmishdur magar ul dilrabo kokul bu kun.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xursandu xushhol etgali man benavoni ro'z-u shab,
  2. Tutti visoli jomini ishrat mayidin lab balab,
  3. Ey do'stlar, andozasiz qizmish manga bazmi tarab,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'nglumg'a ta'sir etmasa bulbul fig'oni, ne ajab,
  2. Kim, guluzorim ilkida miyno qilur qulqul bu kun.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bazm ichra aysh asbobini o'z ko'ngli komicha qurub,
  2. Nuqli shakkardin ham kerak omoda aylab kelturub,
  3. So'ngra adou noz ila ilkin surohig'a urub,
Asos g‘azal bayti
  1. Sarmasti sahbo bo'lg'oli chini qadahni to'ldurub,
  2. Avval o'zi no'sh aylabon tutti manga ham mul bu kun.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. May nash'asidin olibon ko'ngli murodicha nasib,
  2. Topib jamoli o'zgacha may tobidin oro-yu zeb,
  3. Bog' ichra kirgach toblig' ruxsorin aylab dilfirib,
Asos g‘azal bayti
  1. Ul otashin yuzni ko'rub gulshanda shaydo andalib,
  2. Ishqi o'tig'a o'rtonib bo'lmish vujudi gul bukun.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Zuhd-u vara'ni o'zunga har nechakim kor aylading,
  2. Lekin riyo-yu ujbni oyini atvor aylading,
  3. Hamkosa rind ahlig'a bo'lmoqdin dog'i or aylading,
Asos g‘azal bayti
  1. Tun boda ichmay zohido xudbinlik izhor aylading,
  2. Bu beadablik bo'ynunga tasbihing etmish g'ul bu kun.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Gar davlatu hashmat aro borsan, Sulaymondastgoh,
  2. Boshim uza xurshiddek tobon erur zarrin kuloh,
  3. Amo eshitgil, Ogahiy, sansan manga bir nekxoh,
Asos g‘azal bayti
  1. Garchi erurman tobe'i Feruz ila olamg'a shoh,
  2. Lek ul parilar sarvari ollidadurman qul bu kun.