Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (70)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Madh va duo · 11 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 433-434-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 11 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tan erur ajab shahr-u nafs ango asas, yo Rab,
  2. Bo'lmas ul asas javri jong'a hech bas, yo Rab,
  3. Emdi xor etib oni ul sifatki xas, yo Rab,
  4. Ishq zavqini yetkur jong'a har nafas, yo Rab,
  5. Nafs komini bir dam qilma dastras, yo Rab.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr sho'xidin afzun aylab ihtirozimni,
  2. O'z janobingga yetkur jabhayi niyozimni,
  3. Har nafas baland aylab ohi barqtozimni,
  4. Chak rahi haqiqatg'a noqayi majozimni,
  5. Ber g'amingda ko'nglumg'a nolayi jaras, yo Rab.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jismi tiyradur tun-u kun, ruh pok zindoni,
  2. Yo'qturur mango bir dam onda rohat imkoni,
  3. Emdi aylamak istar sayr arshi a'loni,
  4. Jon qushin parafshon qil, tanni aylabon foni,
  5. Asru qilmish afsurda oni bu qafas, yo Rab.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toki bo'lmisham olim majlisi aro vosil,
  2. Ixtiloti xalq etmish yordin mani g'ofil,
  3. Bo'lmoq istasang emdi maqsadim agar hosil,
  4. Aylabon fano ahli zumrasi aro doxil,
  5. Dahr xalqidin bilkul ulfatimni kas, yo Rab.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'ldi sarf avqotim dayr xalqi aro har yon,
  2. O'tdi muddati umrim hazl ila bo'lub xandon,
  3. Emdi o'z g'aming ichra aylagil mani giryon,
  4. Ko'zlarim yoshin ishqing ichra oqizib har yon,
  5. Birni aylagil Jayhun, birni qil Aras, yo Rab.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yuz urub havo birla hirs dashtina har dam,
  2. Gulsitoni ko'yingdin vahshat etmisham garkam,
  3. Qo'yma ushbu vahshini emdi aylamakka ram.
  4. Ostoni qurbingg'a sudra bog'labon mahkam,
  5. Rishtayi inoyatdin bo'ynuma maras, yo Rab.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Faqr ko'yida chashmim har tun ashkrez etkil,
  2. Ohim o'tini har dam dard birla tez etkil,
  3. Joh hirsidin ko'nglum moyili gurez etkil,
  4. Qoni aylabon kunji faqr aro aziz etkil,
  5. Kel, mani zalil asru aylamish havas, yo Rab.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Shafqatingni durumda qal'ayi xavos ayla,
  2. Borho mango oni ma'manu manos ayla,
  3. Demagum manga olam shahlig'ini xos ayla,
  4. Yetkurub pushaymonlig' lashkarin xalos ayla,
  5. Jurm xayli tegramni tutdi peshu pas, yo Rab.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kelgusi jahon ahli bug'z ila manga o'tru,
  2. Ko'rmadim kishi bo'lg'ay do'stlig' bila qorshu,
  3. Yig'laram bu holimg'a har kecha bosib qayg'u,
  4. Shafqating manga yovar qilki bo'lmisham asru,
  5. Inqilobi davrondin zoru hechkas, yo Rab.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. G'am qaro tuni ichra no'gi ashki har mag'mum,
  2. Yetti qat yer ostida cheksa oh bir mazlum,
  3. Borchasig'a donosan, yo'q nima sanga ma'dum,
  4. Harnakim, manga hojat ersa, bor sanga ma'lum,
  5. Qilmoqim ne hojatdur oni multamas, yo Rab.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kom topmog'ay bo'lg'ay ilmidin fuzun jahli,
  2. Har nechaki sayr etsa Rumu Makkau Dahli,
  3. Bas o'lum ishkolin lutf ila qilib sahli,
  4. Ogahiy so'zin shirin o'yla qilki, so'z ahli
  5. Davrida hujum etsun, o'ylakim magas, yo Rab.