Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

MUNIS G'AZALIGA MUXAMMAS (71)

Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 434-435-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dilbarimmu jilva qilg'on yo malak yo xud pari,
  2. Yo tulu' etti latofat burjining sa'd axtari,
  3. Bilmoyin tardid aro bo'ldum tahayyur mazhari,
Asos g‘azal bayti
  1. Orazi yo lolamu yo sham'imu yo Mushtari,
  2. Yo qamar yo ko'zgumu yo oftobi xovari?
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Otashin ruxsorida erkonmu xoli anbarin,
  2. Donayi ispand yo o't uzra tushgonmu ekin,
  3. Kirpigimu o'qmu yo xanjarmudur bilmon yaqin,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'zi yo jallod yo sayyod yo ohuyi Chin,
  2. Yo baloyi jonmu yoxud hinduyi jodugari?
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tishmudur la'li aro yo'q ersa be hamto guhar?
  2. G'unchayi xandon aro yo jola tushmishdur magar?
  3. Yo naboti sofi jonga may aro qilmish maqar?
Asos g‘azal bayti
  1. La'li yo yoqut erur yo joni shirin yo shakar,
  2. Yo aqiqi la'l yo jannat guli bargi tari.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Og'zidur andoq kichikkim go'iyo ma'dum erur,
  2. Shakli diqqat ahlining ollida nomafhum erur,
  3. Lek so'z oytur chog'i bor erkoni ma'lum erur,
Asos g‘azal bayti
  1. Og'zi yo durj yo nuqtayi mavhum erur,
  2. Chashmayi hayvonmu yo firdavsi Rizvon Kavsari?
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chehrayi gulgunimu yo ravzayi rizvonmudur,
  2. Zulfi mushkinimu yoxud sunbuli bo'stonmudur,
  3. La'li rangini ekanmu yo guli xandonmudur,
Asos g‘azal bayti
  1. Xati yo mo'ri malax yo sabzayi rayhonmudur,
  2. Yo xati Mushafmu yo miroti husni javhari?
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Belimu noziklik ichra ko'zga ermasdur ayon?
  2. Yo'qsa bir qilmu ekon kim ko'zdin o'lmishdur nihon?
  3. Yo xayoli nozik yo vahmdur yoxud gumon?
Asos g‘azal bayti
  1. Qadi yo sarvi ravon yo xoma yo o'qi sinon?
  2. Yo alif yo oh yo bog'i ru'unat ar-ari?
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy ul oy labining nutqi ruhafzosimu?
  2. Yo'qsa ishrat jomining rohatfizo sahbosimu?
  3. Yo farah to'tisining guftori bazm orosimu?
Asos g‘azal bayti
  1. So'z yo gulbongi bulbul yo Masih anfosimu?
  2. Yo magar Munisning aytgon nazmi diqqatparvari?