Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

AMIRIY G'AZALIGA MUXAMMAS (72)

Amiriy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 436-437-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ey pari, jamolingni pardadin namoyon qil,
  2. Orazing gulin ochib, bazmni guliston qil,
  3. Oshiqi giriftoring ayshini farovon qil,
Asos g‘azal bayti
  1. Lab evur takallumg'a zulfingi parishon qil,
  2. Qand qimmatin sindur, narxi anbar arzon qil.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Boqmayin dilu jonim o'zga dilrabolarg'a,
  2. Ishqing ichra xo'y aylab mehnatu balolarg'a,
  3. Yetmak istabon sandin barcha muddaolarg'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Husn shohisan, jono, bu hazin gadolarg'a,
  2. Ko'z uchi bila boqib xayr birla ehson qil.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kimki dahr aro ishqing keshin ayladi oyin,
  2. Uldurur haqiqatda sarfarozi ahli din,
  3. Ko'rguzub agar ushshoq ahli tavrig'a nafrin,
Asos g‘azal bayti
  1. Ishq dinig'a munkir bo'lsa zohidi xudbin,
  2. Ey sanam, liqo ko'rsat, gabrni musulmon qil.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ichtilar bukun boda, barcha boda mushtoqi,
  2. Arbada bila to'ldi dahr to falak toqi,
  3. Sudrabon aso nogah bu sifat tarab choqi,
Asos g‘azal bayti
  1. Ehtisob uchun zohid kirsa dayr aro soqiy,
  2. Bir qadah bila ani zuhddin pushaymon qil.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Orazing tarab avji uzradur mahi tobon,
  2. Lablaring farah bog'i ichra g'unchayi xandon,
  3. Ishvau ado raxshi uzra sen shahi xubon,
Asos g‘azal bayti
  1. Istasang ko'ngullarni g'amza yoyig'a qurbon,
  2. Qoshlaring hilolini mohi iydi qurbon qil.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Oshiqi hazinlarning dardig'a karamdin yet,
  2. Siynayi murodig'a iltifot o'qin berkit,
  3. Chobukona har sori g'amza markabin sekrit.
Asos g‘azal bayti
  1. Sho'x chashmu navxat sen, noz dashtida sayr et,
  2. Gardi xoki poyingni surmai Sulaymon qil.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy kibi ma'ni husnig'a berib oro,
  2. Dilkusho iboratg'a tilni aylabon go'yo,
  3. Safhag'a surub bu dam xomayi farahafzo,
Asos g‘azal bayti
  1. Yor la'lidin harfe ayladim Amir insho,
  2. Ey ko'ngul, bu gavharni jon ichida pinhon qil.