Muxammaslar
FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (73)
Feruz g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 437-438-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gulmudur yo ul ruxi fayzi safo mashhunmudur?
- G'uncha erkonmu va yo ul la'li shahdomunmudur?
- Sunbuli mushkinmu yo ul gisuyi vojunmudur?
Asos g‘azal bayti
- Gulshan ichra sarv yoxud ul qadi mavzunmudur?
- Nargis erkanmu va yo ul chashmi purafsunmudur?
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sayri gulshan aylabon ul guljabinu mahliqo,
- Gul terarga qo'l uzotmish ko'rguzub noz-u ado,
- Rashkdin oshiqlarin o'lturmak aylar iqtizo,
Asos g‘azal bayti
- Ul gul olmish qizil ilgigakim bu bog' aro,
- Yo shahidi ishq qonidin qo'li gulgunmudur?
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sarvni qadding o'ziga orzumand aylagay,
- Sunbuli tarni soching savdosig'a band aylagay,
- G'uncha bag'rin fikri la'ling necha parkand aylagay,
Asos g‘azal bayti
- Gul nechuk gulgun yuzunga o'zni monand aylagay,
- Kim oning rangi yuzungdek dam-badam afzunmudur?
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jomi vaslingdin bukun gullar ichib ziynat mayin,
- Mastu xandon bo'lmag'on gulshanda bir gul yo'q ekin,
- Bulbuli sho'rida lekin zor yig'lar sensizin,
Asos g‘azal bayti
- Gul uza shabnammu yoxud bulbul ashki bahridin
- Gul boshi uzra nisor o'lg'on duri maknunmudur?
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xublarni yori badxo'yimga tashbih aylamang,
- Yo'lida elni taku po'yimg'a tashbih aylamang,
- Ishqida Majnunni bir mo'yimg'a tashbih aylamang,
Asos g‘azal bayti
- Do'stlar, Laylini gulro'yimg'a tashbih aylamang,
- Kim oning devonasi man zordek majnunmudur?
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tig'i g'amdin bag'rini pargola aylar andalib,
- Shavq o'tidin paykarin tabxola aylar andalib,
- Ohi sardidin sirishkin jola aylar andalib,
Asos g‘azal bayti
- Buki tinmay gulshan ichra nola aylar andalib,
- Ul dog'i bir gul g'amidin man kibi mahzunmudur.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qahr ila tashlab sani hijronda ul gul xirmani,
- Necha muddat erdi g'am zindoni joning maskani,
- Ogahiy yanglig' nasibing erdi bulbul shevani,
Asos g‘azal bayti
- Ey ko'ngul, ul gul visoli birla shod etkay sani,
- Baxti Feruzungmu yoxud gardishi gardunmudur?