Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (74)

Feruz g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 438-439-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tanimga berdi jon, la'li shakar boringg'a sallamno,
  2. Ko'zumni ravshan etti, nuri diydoring'g'a sallamno,
  3. Muqayyad qildi ko'nglum, zulfi purtoringg'a sallamno,
Asos g‘azal bayti
  1. Nigoro, oldi hushim, tarzi raftoringg'a sallamno,
  2. Yorutdi tiyra kulbam sham'i ruxsoringg'a sallamno.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tilab lutfingni tutdim umrlar ko'ying aro manzil,
  2. Vujudim tufroq o'ldi, bo'lmadi bu matlabim hosil,
  3. Tarahhum ayla bu holimg'a, ey bebok sangin dil,
Asos g‘azal bayti
  1. Ishim qotil ko'zing bedodidin bo'lmish base mushkul,
  2. Ichib qonimni to'ymas chashmi xunxoringg'a sallamno.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Visoling tolibidur olam ichra kofiru mo''min,
  2. Emaslar lahzayi ishqing jafou javridin emin,
  3. Agarchi o'lgusidur barcha yuz mehnat bila, lekin
Asos g‘azal bayti
  1. Labing so'zdin berur jon o'lgan elga dardi ishqingdin,
  2. Ravonparvar labi jonbaxsh guftoringg'a sallamno.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Fuzunroqdur adaddin jinsi vaslingning xaridori,
  2. Bu savdoda berur jon naqdini xursand o'lub bori,
  3. Munosibdur alar holig'a qilsang rahm izhori,
Asos g‘azal bayti
  1. Hama ishq ahlidur, ey mug'bacha, zulfing giriftori,
  2. Bari din ahlini band etti, zunnoringg'a sallamno.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Vafo yo'lin tutub diljo'lik otin barqtoz aylab,
  2. Yetushding kulbama lutfing ko'bu qahringni oz aylab,
  3. Va lekin hiylaparvar nukta birla sarfaroz aylab,
Asos g‘azal bayti
  1. Deding: "Lutf aylagum", O'lturding ammo necha noz aylab,
  2. Agar lutfing bu ersa, javr-u ozoringg'a sallamno.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tilarman bandalik qonini ko'yingda niyoz etsam,
  2. Boshimni ostoning sajdasidin sarfaroz etsam,
  3. Vale maqbuling o'lmas, umrlar mundoq namoz etsam,
Asos g‘azal bayti
  1. Qilursen noz agar man har necha arzi niyoz etsam,
  2. Sitamgar mahvasho, bu nav' atvoringg'a sallamno.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Mudom et, Ogahiy, bir lahza tinmay qaddu zulfin vasf,
  2. Ko'ngulni xush tutub, qil o'ynay-o'ynay qaddu zulfin vasf,
  3. Ki yetkay maqsadig'a, kimki qilg'ay qaddu zulfin vasf,
Asos g‘azal bayti
  1. Sango, Feruz, o'lub baxt etding ul oy qaddu zulfin vasf,
  2. Bu yanglig' tab'i nozik birla ash'oringg'a sallamno.