Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (75)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 439-440-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Furqat ichra istabon ul oshubi davron mujdasin,
- Hech kimdin topmadim zori hayron mujdasin,
- Yig'ladim bu tun tilab Haqdin farovon mujdasin,
Asos g‘azal bayti
- Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
- Yo ko'ngul topti Masih anfosidin jon mujdasin.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'r o'lub erdi ko'zum hijronida ul xubning,
- Keldi bukun nur ichiga diydayi martubning,
- Bilmadimkim mujda yetmishdur ul mahbubning,
Asos g‘azal bayti
- Yo falak berdi yig'i ko'r aylagon Ya'qubning,
- Ko'zlari ochilmoq uchun mohi Kan'on mujdasin.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'nglum erdi hajr zindoni g'amining bekasi,
- Kechayu kunduz fig'on tinmay chekor erdi base,
- Bo'ldi bir mujda oning bu holida afg'on base,
Asos g‘azal bayti
- Ne guli xandon, ne Isiyu, ne Yusuf mujdasi,
- Topti bir mahjur o'lar holatda jonon mujdasin.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishq dardidin shikanj erdi manga tang g'unchadek,
- Sarbasar erdi ichim qon birla to'lg'on g'unchadek,
- Tanglik zindonini aylab nishiman g'unchadek,
Asos g‘azal bayti
- G'uncha erdim tong yelidin tung'a sig'man g'unchadek,
- To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Markabingni yel kibi kulbam sori sursong, ne tong?
- Jon so'zungdin jismima bermak ravo ko'rsang, ne tong?
- Lutf etib ul yor payg'omin eshitdursang, ne tong?
Asos g‘azal bayti
- Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetvursang, ne tong?
- Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Man sori azm aylamay ul qotili purfan hanuz,
- Maqdami gardidin etmay ko'zlarim ravshan hanuz,
- Poymol o'lmay sumi raxshig'a xoki tan hanuz,
Asos g‘azal bayti
- Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyotlig'man hanuz,
- To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Baxt go'yo Ogahiy yor-u mute'im bo'ldikim,
- Zulmati g'amxorini qo'ymay yo'limdin bo'ldikim,
- Vasl mehri nuridin kulbam sarosar to'ldikim,
Asos g‘azal bayti
- Ey Navoiy, shomi hijron yig'ladim daf' o'ldikim,
- Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.