Muxammaslar
OGAHIY MUXAMMASI (76)
Asos g‘azal aniqlanmagan · Husn va jamol ta'rifi · 13 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 440-442-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 13 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tangri adamdin qilg'ali mavjud to qosh-u ko'zing,
- Odat qilibdur qatl ishin subh-u maso qosh-u ko'zing,
- Har dam mani yuz o'lturur qilmay ibo qosh-u ko'zung,
- Vah ne balodur bilmadim, ey dilrabo, qosh-u ko'zing,
- Kim bir nazarda soldi o't jonim aro qosh-u ko'zing.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Odati sitam qilmoq bila man zorg'a oy-u yiling,
- Har lahza achchig' so'z bila jonim olur shirin tiling,
- Netti yetursang bo'ynuma lutf-u karam birla aling,
- Oldi qaroru toqatim oq siynavu nozik beling,
- Soldi qaro kun boshima iki qaro qosh-u ko'zing.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tokim yaqo chok aylabon, mastona surding ashhabing,
- Ko'rgach kumushdek paykaring, bo'ldi g'ubori markabing,
- Aqlimni hayron ayladi ko'ksingda tavqi g'abg'abing,
- Jonima qo'ydi dog'lar rashk o'tidin xoli labing,
- Ko'nglumga yetkurdi tuman dard-u balo qosh-u ko'zing.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Va'dang chog'i yolg'on agar bo'lsun va gar xud chin so'zing,
- Bermakni jon ishq ahlig'a qilmishdurur oyin so'zing,
- Yolg'uz mani tirguzmadi lazzat bila rangin so'zing,
- Ham yuz o'lukni tirguzur la'ling aro shirin so'zing,
- Ham ming tirikni o'lturur aylab jafo qosh-u ko'zing.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sansan bari xublar aro bir xisravi oliy nasab,
- Qosh-u ko'zung bedodidin ortar mango ranju taab,
- Bas, dargahingga bosh urub yig'lab sarosar ro'z-u shab,
- Qosh-u ko'zung bedodidin dod aylasam ermas ajab,
- Kimni jafolar qilmadi oxir mango qosh-u ko'zung.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xalq aylamishdur Haq sani komi hukumat so'rgali,
- Bechora ushshoq ahlig'a javr-u jafo yetkurgali,
- Bir kimsa o'lmay qolmadi qosh-u ko'zungni ko'rgali,
- Husn ahli shohisen bari oshiqlaring o'lturgali,
- Go'yoki jallodi ajal bo'lmish sango qosh-u ko'zung.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lsa saningdek bir pari, gar har kishining dilbari,
- Bo'lg'ay junun dashti aro devonalar sardaftari,
- Bir lahza orom aylamay usruk yuz urg'ay har sari,
- Man zori hayroning nechuk devona bo'lmay ey pari,
- Kim aqlu hushim ayladi mandin judo qosh-u ko'zung.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishqing g'ami bedodining yo'qtur hadu poyonikim,
- Bu notavonlig'lar bila mankim ko'tarmak oni kim?!
- Rahm aylagil bu holima, ey xublar sultonikim,
- Yo'qdur mango ishqing aro yurmak tirik imkonikim,
- Jonimni yo qaddu yuzung olg'usi yo qosh-u ko'zing.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To arsayi olam aro ochting niqobingdin uzor,
- Nazzora qilg'och, qolmadi bir kimsada sabr-u qaror,
- Har yon ulus ichra tushub sho'ru alolo beshumor,
- Qosh-u ko'zing imosidin bo'ldi qiyomat oshkor,
- Go'yoki olam ofati qildi Xudo qosh-u ko'zing.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Olding g'azab izhor etib ilkingga chun tig'i tabar,
- Ko'rgon yuvubon qo'l, jondin o'z holig'a bo'ldi navhagar,
- G'avg'oyi mahshardin fuzun olamga tushdi sho'ru shar,
- El qatlini qasd aylabon mastona qilg'och bir nazar,
- Soldi jahong'a nolayi vo hasrato qosh-u ko'zing.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Man zorning o'lmishman bori oshiqlarning bekasi,
- Ojiz bo'libdur paykarim ul nav'ikim ko'ying xase,
- Ochg'il yuzingnikim o'lar holatg'a yetmishman base,
- Aylay hayotim naqdini har dam nisoru sadqasi,
- Yoshurmog'il man zordin aylab hayo qosh-u ko'zing.
12-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bir lutf ila bazm ahlini shod etgali moyil bo'lib,
- Boshdin oyoqing g'amzau noz-u ado birla to'lib,
- Chobuklik izhor aylabon, gah o'ynab, gohi kulib,
- Majlis fizosinda usul etkon chog'i raqqos o'lib,
- Eldin olur jon naqdini ey mahliqo qosh-u ko'zing.
13-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Haq dilrabolig' taxtining sultoni qilmishdur sani,
- Ko'ying aro bir bandayi ojiz yaratmishdur mani,
- Rahm aylabon bu holima, ey husn elining ahsani,
- Shirin labingdin, Ogahiy, jismiga jon berkim ani,
- O'lturdi bir imo qilib boqg'ach qiyo qosh-u ko'zing.