Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (77)

Feruz g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 442-443-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Erursen husn shohi, man g'ulomi xoksoringman,
  2. Fido jon-u ko'ngulni aylagan xizmatguzoringman,
  3. Va lekin xayli ushshoq ichra tiyra ro'zgoringman,
Asos g‘azal bayti
  1. Tarahhum aylagil, ey sho'xkim, ishq ichra zoringman,
  2. Giriftori kamand tori zulfi mushkboringman.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Firoqing tiyra shomida chekib yuz ranj ila mehnat,
  2. Dami subhi visoling partavidin ko'rmadim rohat,
  3. Nazar aylab bu holimg'a, ayon et lutf ila shafqat,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'ngulda qolmadi bir zarra chog'liq toq ila toqat,
  2. Yuzing xurshidi hijronida tun-kun beqaroringman.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jununu dard-u g'am xayli boshim uzra g'ulu aylab,
  2. Kezarman ishq sahrosin tun-u kun hoy-u hu aylab,
  3. Bu holimni ko'rub mehr-u vafo rasmini xo' aylab,
Asos g‘azal bayti
  1. Kel, ey Laylivashimkim, bazmi vasling orzu aylab,
  2. Balo dashtida kezgan oshiqi majnunshioringman.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Erurman umrlar hijron qaro shomida sokinkim,
  2. Najot ondin visoling subhidin ayru na mumkinkim,
  3. Olib parda yuzingdin ey mahi xurshid, bezanginkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'zumni ravshan aylab mehr yanglig' orazingdinkim,
  2. Bo'lubdur tiyra asru torta-torta intizoringman.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'lubman tushgali ko'yungdin asru aylakim mag'mum,
  2. Ki bo'lmishdir manga jon-u dil-u hush-u xirad ma'dum,
  3. Bu ahvolim erur, ey xublar shohi, sanga ma'lum,
Asos g‘azal bayti
  1. Muruvvatdurmu qurbi dargahingdin aylamak mahrum,
  2. Manikim mahrami rozi nihoni oshkoringman.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aningdek tangdurur ishqing g'ami ichra maoshimkim,
  2. Tun-u kun hajrdek ko'zdin oqar yuz sori yoshimkim,
  3. Bu holimg'a tarahhum aylabon, ey bag'ri toshimkim,
Asos g‘azal bayti
  1. Jafo toshin urub ko'p qilmag'il majruh boshimkim,
  2. Vafo bog'ida butkan bir niholi mevadoringman.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Agarchi husn aro mumtoz erursan ahli davrondin,
  2. Vale or etmagil ishqingda bu mahzuni giryondin,
  3. Tikandin gul qochib hargiz chiqa olmas gulistondin,
Asos g‘azal bayti
  1. Nigoro, ijtinob aylab nedurman zor-u hayrondin,
  2. Ki sansan bir guli xandoni, mani bechora xoringman.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aningdek bo'lmisham tun kun maye gulfom mushtoqi,
  2. Ki ne olam qarosi bor, manga ma'lum ne oqi,
  3. Tanimda emdi jon asrarg'a bir dam vaqt emas boqi,
Asos g‘azal bayti
  1. Manga aylab labolab dam-badam sog'ar tut, ey soqi,
  2. Qo'lingdin boda ichmay muddatedurkim xumoringman.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Sulaymondek erurman baxti davlat taxtida sokin,
  2. Mute'i hukmim o'lmish vahshu tayru kofiru mo'min,
  3. Havoi midhatimda Ogahiy partez bir lochin,
Asos g‘azal bayti
  1. Agarchi baxti, Feruz, o'yla olam shohiman lekin,
  2. Saning, ey husn amiri, bandayi bee'tiboringman.