Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

FERUZ G'AZALIGA MUXAMMAS (78)

Feruz g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 444-445-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul sho'x keldi qoshima usruk samandin o'ynatib,
  2. Xurshid ruxsori uza shabrang zulfin tarqatib,
  3. Man zarradek yuz ajz ila ollida jismim tebratib,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: ko'zumni ravshan et mehri jamoling ko'rsatib,
  2. Dedi: uzorim o'tig'a jisming netarsan o'rtatib.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Vahkim, mango bordur ajab bir dilbari ayyoraye,
  2. Kim qasdima har g'amzasi bir qotili xunxoraye,
  3. Yuz yolborib o'trusida dardimg'a istab choraye,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: tarahhum aylabon holimg'a qil nazzoraye,
  2. Dedi: ko'zum joning figor etgusi noz o'qin otib.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ey do'stlar, g'am bazmida giryon ko'zim jomim erur,
  2. Bu jom ila xuni jigar sahboyi gulfomim erur,
  3. Ul bevafog'akim maning sho'xi diloromim erur,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: visol ichra labing shahdi manga komim erur,
  2. Dedi: senga bergum oni zahri firoq ichra qotib.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Topti nechakim Xuld aro lutf-u safo Kavsar suvi,
  2. Bo'lg'aymu yuzda la'licha rohatfizo Kavsar suvi,
  3. Mazkur o'lub erdi kecha bazmi aro Kavsar suvi,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: labingning sharbati shirinmu yo Kavsar suvi?
  2. Dedi: bo'lurmu har suvni obi baqog'a o'xshotib?
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tun kecha bazmimg'a kelib ul xublarning sarvari,
  2. Ahbob birla no'sh etib, har lahza ishrat sog'ari,
  3. Uyqug'a rag'bat aylagach mastona shahlo ko'zlari,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: ko'zung bedor qil noz uyqusidin, ey pari!
  2. Dedi: bu lahza fitnayi nobimni netkung uyg'otib?
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul sarvi ra'no subhidam uyqudin uyg'ong'on chog'i,
  2. Xushbo'y bo'ldi yer yuzi bo'stoni jannatdin dog'i,
  3. Berdi sarosar mushk isi har tiyra adno tufrog'i,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: nedin erkan bukun olam muattar bo'lmog'i?
  2. Dedi: sochimni tong yeli yuz uzra solmish butrotib.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aylab taxayyul, Ogahiy, mundoq ajab afsona der
  2. Kim, bir kecha gustox o'lub, tutdum ul oy ollida yer,
  3. Besharmliqdin suv kibi tandin oqib har sori ter,
Asos g‘azal bayti
  1. Dedim: ko'zingdin o'rgulay, Feruzg'a bir bo'sa ber!
  2. Dedi: yuzumni og'ritur har yon xating nishi botib.