Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (79)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 445-446-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Manga zulm-u sitamlar borho ul dilrabo aylab,
- Tanimni javr tig'i birla sartosar yaro aylab,
- Chiqordi aqlu hushim jism mulkidin judo aylab,
Asos g‘azal bayti
- Vafoni qildi ko'b ozurda ul oy chun jafo aylab,
- Adam dashtida ko'nglumga vatan qilmish jalo aylab.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tun-u kun yig'lar erdim lutfidin bo'lmoq tilab xurram,
- Ko'rub bu holimi rahm etmayin javr ayladi har dam,
- Jafo qilmoq tariqida oningdek kinavardur kam,
Asos g‘azal bayti
- Vafo andoqki qochti ul jafogardin, agar man ham
- Qocha olsam yana ishqin havas qilmoy xato aylab.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kishi yo'q bu zamon ichra vafolig' oshno ko'rgan,
- Erur har kimni ko'rsang, do'stidin yuz ming balo ko'rgan,
- Kishi ko'b dahri dun ichra vafo aylab, jafo ko'rgan,
Asos g‘azal bayti
- Dema davron aro yo'qtur vafo aylab, vafo ko'rgan,
- Ki yo'qtur ming jafo tortib, qutulg'oy bir vafo aylab.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Davodur ishq muhlik dardig'a ne zuhdi taqvodin,
- Na bu zahmatg'a chora hosil o'lg'oy jomi sahbodin,
- Iloji topmasang gar shafqati yori dilorodin,
Asos g‘azal bayti
- Yiqilg'on ishq aro suhbat tama' qilma Masihodin,
- Ki bu bemorliqdin kimsa qo'pgon yo'q davo aylab.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Jafogarlar boshim uzra damo-dam yog'durub xora,
- Dedi: boshimni, balkim juzv-juzvimni qilib pora,
- Boshimda bu balolarni ko'rub kelmay mani zora,
Asos g‘azal bayti
- Ko'ngulkim ro'zgorimni qorortib bo'ldi ovora,
- Topilsa kezduray davron aro yuzin qaro aylab.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Inonmasman agar ul oy vafosidin xabar topsam,
- Emas bovar oning lutfi mayidin bahravar topsam,
- Vale nogah vafo qilmoqqa maylidin asar topsam,
Asos g‘azal bayti
- Mango yo'q o'zgaga yori vafo qilg'onni gar topsam,
- Boshig'a evrulay, ollida jonimni fido aylab.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Falakning javrini, ey do'stlar, demang fuzun ermas,
- Kishi yo'qkim, jafosi boridin qaddi nigun ermas,
- Dema, Ogah, boshig'a g'amni solg'on charxi dun ermas,
Asos g‘azal bayti
- Navoiy, kimsa yo'qkim, charx zulmidin zabun ermas,
- Navo jovid kimga berdi, bizni benavo aylab?