Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (80)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Ishq, hijron va firoq · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 446-447-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr bahori bazmining yo'q haddiyu karonasi,
  2. Yetkurur elni komig'a davr mayi shabonasi,
  3. Ongla muni, agar esang ahli xirad yagonasi,
  4. Bog'i jahonki xushturur gulshani ayshxonasi,
  5. Rohati jismu jon erur bazm-u tarab nishonasi.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bazm aro chun, ki mutribi sozini ilgiga olur,
  2. Sozi quloqlarin burub nag'ma tuzarga qo'zg'olur,
  3. Nag'mayi dilkusho tuzub noz ila soz agar cholur,
  4. Bazm eli sabrini olib, raqsg'a jonlarin solur,
  5. Mutribi xush navosining shavqfizo taronasi.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Majlis masnadi necha rang ila xushnigor erur,
  2. Har biri ishrat ahlining xisravi komkor erur,
  3. Onglasun oni begumon kimsaki hush yor erur.
  4. Jomi Jam ichra sharbati jon kibi xushguvor erur,
  5. Sog'ari zarnigor aro sof mayi mug'onasi.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Har kecha ahli husnning ishvayu nozi sharhini,
  2. Bir nafas ahli ishqning ajz-u niyozi sharhini,
  3. Hajr aro dard ahlining ko'nglida rozi sharhini,
  4. Ishq eli jonu ko'nglining so'z-u gudozi sharhini,
  5. Ravshan etarga tildurur sham'lari zabonasi.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Noz-u ado-u ishvalar birla tuzub nizomi ishq,
  2. Lutf-u karam bila tutub ahli jahong'a jomi ishq,
  3. Buki damo-dam etkusi borchani shodkomi ishq,
  4. Qasdi yuz ochib aylamak elni asiri domi ishq,
  5. Zulfi siyohin o'rmaki sho'xlari bahonasi.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jilva paridek aylabon nurfizo jamol ila,
  2. Bazm ahli hushini olib necha tuman dalol ila,
  3. Har necha bahra yetkurub shahd kibi maqol ila,
  4. Chekkusi jonni zulfig'a la'li zuloli xol ila,
  5. Domg'a band etar hamul qushni bu obu donasi.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hajrida qolg'on el ishi g'am o'tida gudoz erur,
  2. Vaslig'a yetsa har kishi xurramu sarfaroz erur,
  3. Boshdin ayoq karashmau g'amzau lutf-u noz erur,
  4. Bazmi muyassar o'lsa gar, xarj qilurg'a oz erur,
  5. Bir kechalik nishotig'a yer yuzining xazonasi.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Eyki, bu dayr ichida san ishrat elining afzali,
  2. Xotiri xurramning erur fayz-u safo sajanjali,
  3. Dilkashu xub erur deding dahr tarabgahin bale,
  4. Dahr tarabgahi base, dilkashu xo'b erur, base
  5. Hayfki, yo'qturur oning ishrati jovidonasi.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Shohi zamon lutfidur teng yovuqu yiroqqakim,
  2. Fayzi nigohi yetkusi ham biyigu ashoqg'akim,
  3. Boqmasa ul boqar edi man kibi bir cho'loqg'akim,
  4. Muddati umrin, Ogahiy, cheksun O'g'on uzoqg'akim,
  5. Aysh-u tarab zamonidur shohi jahon zamonasi.