Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (81)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 447-448-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qaddim xamini sarvi sitamkorima ayting,
  2. Sabrim kamini g'amzasi bisyorima ayting,
  3. Ko'zim namini ko'zlari tarrorima ayting,
  4. Ko'nglum g'amini, do'stlarim, yorima ayting,
  5. Jonim alamin la'li shakarborima ayting.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Umidki rag'bat so'zungiz jonibi qilg'ay,
  2. Boshimg'a ne kelganni g'ami hajrida bilgay,
  3. Lutfi yo'li bo'lg'oyki maning sori ochilg'ay,
  4. Shoyadki, tarahhum qilibon kulbama kelgay,
  5. Holimni parizodi vafodorima ayting.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Afgor tanim ichra so'ngakning biri qolmay,
  2. Furqat toshining zaxmini zarbidin usholmay,
  3. Muncha bila ham o'zni talab yo'lida solmay,
  4. Istab nigahi go'shai chashmin toyo olmay,
  5. Bemorlig'im ko'zlari bemorima ayting.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dardim bo'ladur har nafas avvalg'idin ortuq,
  2. Kim boshga tegar xollari yodida yumruq,
  3. Jong'a otilib ham ko'zining fikrida miltuq,
  4. Mujgoni xayoli bila har lahzada ming o'q —
  5. Sonchilg'onini bu tani afgorima ayting.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Javr-u sitami xayli bo'lub sog'u so'limg'a,
  2. Tig'-u tabari seli bo'lub band yo'limg'a,
  3. Vasli etagi yetmadi bir lahza qo'limg'a,
  4. Ozorig'a ko'nglum chidamay, emdi o'limg'a
  5. Rozi erur ul sho'xi dilozorima ayting.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Jon tokay oning hajrida g'am o'tig'a yonsun,
  2. Tan tokay alam shiddatidin yerga suyonsun,
  3. Emdi ko'ngul o'lmakka qo'yubdurman, u yonsun,
  4. Kelsun dog'i qatl aylasunu qonima qonsun,
  5. Qotilvashu oshiqkushu xunxorima ayting.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bu xastasining jaybiyu jon durrini tersun,
  2. Ya'ni kelibon jondek oning qo'ynig'a kirsun,
  3. Yo'qsa terisin so'ysinu ham xomig'a kirsun,
  4. Ogahiyni o'ltursunu yo komini bersun,
  5. Zinhor borib yori jafokorima ayting.