Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (82)

Rojiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 5 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 449-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 5 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toki maqbuli mizoj o'lmishdurur dildora qand,
  2. Kecha-kunduz bazm aro istar yemoq hamvora qand,
  3. Bas, tong ermas, joni ishq ichra har bemora qand,
Asos g‘azal bayti
  1. Jonfizo la'lig'a eltar ul pari ruxsora qand,
  2. Bergudekdur jon ulusg'a emdi bora-bora qand.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. O'zni afzun ta'm aro bilmishdur ul lab ollida,
  2. Sotg'oli shirinligin kelmishdur ul lab ollida,
  3. O'z ko'ziga o'zini ilmishdur ul lab ollida,
Asos g‘azal bayti
  1. Go'yiyo tarki adab qilmishdur ul lab ollida,
  2. Eldin elga sotilib bo'lmishdurur ovora qand.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qand o'zni o'xshotib ul ko'zi bodom erniga,
  2. Bahs etar shirinlik ichra shahd oshom erniga,
  3. Beadablik zohir aylab subh to shom erniga,
Asos g‘azal bayti
  1. Qilg'oni o'zni tashbih ul dilorom erniga,
  2. Bo'lodur har yerda majma' bo'lsa pora-pora qand.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bazmgohing taxtini gar avji charx ustida qur,
  2. Izzu johing tojini xurshid boshidin oshur,
  3. Aysh-u ishrat shahdi birla necha yillar kom ur,
Asos g‘azal bayti
  1. Marg zahrin totqung oxir garchi bazmingda erur,
  2. Charx to'qquz xoni uzra sobitu sayyora qand.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy jonlar fido aylab ajamdin to arab,
  2. La'lidin komin topa olmos necha aylab talab,
  3. Lekin ushbu ish mukarrar qand bordur bir ajab,
Asos g‘azal bayti
  1. La'li o'trusig'a bordur bo'yla doim beadab,
  2. Rojiyo, so'rg'il labidin bor emish ne kora qand?