Muxammaslar
ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (83)
Rojiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 450-451-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Keldi rangin aylabon ul siymtan maymun libos,
- La'lidin qilg'on kibi go'yo duri maknun libos,
- Husni aksidin topibdur zeb-u far afzun libos,
Asos g‘azal bayti
- Aylamishmu ul sumanbar haddig'a gulgun libos,
- Sarvi mavzun etti yo gul bargdin mavzun libos.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'ldi to men benavog'a ishq jazbi rahnamun,
- Dard vodiysida topman bir dam orom-u sukun,
- Otashi hijrondin o'lmishdur tanim zor-u zabun,
Asos g‘azal bayti
- Demangiz men telbani, kiymish libosi lolagun,
- Toza-toza dog' ila bo'lmish tanimg'a xun libos.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul pari zohir qilib so'z birla gavharrezlik,
- Telbalarning otashi shavqig'a berdi tezlik,
- Kul qilib jismig'a yetkurdi havoomezlik,
Asos g‘azal bayti
- Ishq dashtida quyun aylarmu gardangizlik,
- Yo qaro tufroqdin etmish jismig'a Majnun libos.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Zohiran bo'lsa libosing kimxo yoxud katon,
- Ne zarar gar xotiring ichra havo tutmas makon,
- Balki oqil ersang aylab sa'yu ko'shishlar ayon,
Asos g‘azal bayti
- Botining ma'nisin etkil zebi zohirda nihon,
- O'ylakim alfoz rangindin qilur mazmun libos.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey talab yo'lida hosil aylagan fahm-u shuur,
- Bo'lma qosid kasbida borcha mavolig'din nufur,
- Istasang gar har nafasda topg'asen fayz-u huzur,
Asos g‘azal bayti
- Subh yanglig' sidq ila qilg'il vujuding g'arqi nur,
- Ko'r, ne nav' o'lg'usidur gar bo'lmasa sobun libos.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey, tushub boshig'a olamda havoi saltanat,
- Istagan kiymak sarir uzra kulohi makramat,
- Avji izzat uzra yuz tut yil maqomu martabat,
Asos g‘azal bayti
- Xorliq birla qaro tufroqqa kirgung oqibat,
- Garchi aylarsan quyoshdek atlasi gardun libos.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ogahiyg'a aylabon garduni dunparvar sitam,
- Lahza-lahza yetkurur ko'nglig'a yuz ranju alam,
- G'am hujumidin erur tab'i parishon, fikri kam,
Asos g‘azal bayti
- Bo'lsa Rojiyning so'zi uryon latofatdin, ne g'am,
- Qilsa lutfidin onga soniyi Afridun libos.