Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (84)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 6 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 451-452-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 6 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Rashkdin derman jahonda bir kishi yor o'lmag'ay,
- Yor g'ayridin asar ko'zga namudor o'lmag'ay,
- Olam ichra ikkimizdin o'zga jondor o'lmag'ay,
Asos g‘azal bayti
- Yor ila bir xilvat istarmanki, ag'yor o'lmag'ay,
- Balki ul xilvatning atrofida dayyor o'lmag'ay.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- O'yla xilvat ichra tuzmak istaram suhbatnikim,
- Bilmagay har kimsa onda aylagan ishratnikim,
- Haq mango qilsa karam bu nav' amniyatnikim,
Asos g‘azal bayti
- Eldin andoq yoshurun istarman ul xilvatnikim,
- Ko'nglum ondin voqifu jonim xabardor o'lmag'ay.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ushbu xilvatda qilib yolg'uz vatankim o'rtada,
- Yorg'a mahv etkaman jon-u badankim o'rtada,
- Qolmag'ay tilga demak man, yo'qsa sankim o'rtada,
Asos g‘azal bayti
- Toru pudim ichra nobud o'lg'omankim o'rtada,
- O'zlukimdin demakim, o'zlukdin osor o'lmag'ay.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Baxt o'lub yovar agar tushsa bu xilvat ittifoq,
- Bo'lsam ahli dahr ma'vou makonidin yiroq,
- Yorg'a demak tilarman yoshurun dardi firoq,
Asos g‘azal bayti
- Buki derlar bordurur devor keynida quloq,
- Ul fazo davrida ko'z yetkuncha devor o'lmag'ay.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Lutf ila qilg'ay muyassar bo'yla xilvatni Xudo,
- Onda holim sharhini yor etkay avval ibtido,
- Har nafas zohir qilib jonparvari dilkash sado,
Asos g‘azal bayti
- Maxfi asrorimg'a bo'lg'oy yor lafzidin davo,
- Yordin ayru va lekin sohibasror o'lmag'ay.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yorlig' da'vosida qilg'on kishi ko'bdur talosh,
- Yor deb har kimning olida vale indurma bosh,
- Ogahiy yanglig' qilib ushbu jahon ichra maosh,
Asos g‘azal bayti
- Ey Navoiy, qilma har yor ollida sirringni fosh,
- Bormudur imkonikim ul yorg'a yor o'lmag'ay?