Muxammaslar
DILOVAR G'AZALIGA MUXAMMAS (22)
Dilovar g‘azaliga taxmis · May, soqiy va rindlik · 5 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 374-375-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 5 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Falak bedodi birla xonavayrondurman, ey soqiy,
- Na vayronkim, aloxon-u alomondurman, ey soqiy,
- G'aribu xoksoru zori giryondurman, ey soqiy,
Asos g‘azal bayti
- Bu dayr ichra sanga bir kecha mehmondurman, ey soqiy,
- Karam qil mustahiqi lutf-u ehsondurman, ey soqiy.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu davron ichra bordur har kishikim oqil-u fozil,
- Oning sha'nida charxi siflaparvar zulmidur komil,
- O'zimni bu sababdin ayladim mayxonag'a doxil,
Asos g‘azal bayti
- Qadah tutg'ilki to bo'lg'oy manga jam'iyate hosil,
- Falak bedodidin xotirparishondurman, ey soqiy.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tun oqshom masjid ichra kirganim jurmin unutg'ilkim,
- Ul ishning tavbasin bu zor-u mahzun qildi tutg'ilkim,
- Karam zohir qilib yozg'urmayin, qahringni yutg'ilkim,
Asos g‘azal bayti
- Vara' tarkin qilib dayr ichra kirdim, boda tutg'ilkim,
- Riyoyi zuhddin asru pushaymondurman, ey soqiy.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xirad ahli qilurlar kecha-kunduz hiylau tazvir,
- Borig'a aylamak tahsili dunyo fikr ila tadbir,
- Qochib keldim alardin, oshnolig'ni qilib taqsir,
Asos g‘azal bayti
- Mani band et ayoqimg'a solib may mavjidin zanjir,
- Xiraddin baski Majnundek gurezondurman, ey soqiy.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Visoling Ogahiydek orzu aylab kecha-kunduz,
- Yetibman og'zima yetkanda jon bazming aro yolg'uz,
- Bu holimg'a tarahhum aylabon asbobi ishrat tuz,
Asos g‘azal bayti
- Dilovarg'a qadah sun, mezbonlig' rasmini ko'rguz,
- Bu dayr ichra sanga bir kecha mehmondurman, ey soqiy.