Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (23)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Ishq, hijron va firoq · 11 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 375-376-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 11 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yetib jonimg'a gardun zulmidin yuz ming alam yolg'uz,
  2. Alam chekmakda yetdim jong'a man zor-u dajam yolg'uz,
  3. Eshit dodimni emdi, ey shohi sohib karam, yolg'uz,
  4. Qo'yubman to taalluq, mahbasi ichra qadam yolg'uz,
  5. Yetar har dam havodis shahnasidin ming sitam yolg'uz.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chekib har lahza bekaslik g'amini joni afgorim,
  2. O'luklardek yotib bayt ul-hazanda jismi bemorim,
  3. Eshitmas bir kishi har shom chekkan nolayi zorim,
  4. Na bor bir yori g'amxorim, na dildori vafodorim,
  5. Yetushsa dahrdin chekkum, agar yuz bori g'am yolg'uz.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'han mayxonasi bu dahrning, yo Rab, xarob o'lsun,
  2. Ki bedodidin oning yig'laram har shom tortib un,
  3. Ko'zim ko'b yig'lamoqdin tiyra bo'lsa ne ajab bu kun,
  4. G'ami bekaslik andoq yettikim ifrot ila har tun,
  5. To'kordin ashk ko'zda qolmadi bir qatra nam yolg'uz.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bino to topti Tangri sun'idin vayronayi olam,
  2. Jahong'a kelmadi yolg'uz maningdek hech bir odam,
  3. Mani o'ltursa emdi, tong emas, bu g'ussa birla g'am,
  4. Zamone eshitib holimni yo'q munglashg'udek hamdam,
  5. Ura olmon ichim dard o'tidin gar yonsa dam yolg'uz.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kishisizlik mani qilmishdurur andoqki xoki roh,
  2. Qo'lumdur bu jihatdin barcha ishdin dahr aro ko'toh,
  3. Nechuk hasrat bila o'lturmay o'zni emdi tortib oh,
  4. Kishim yo'q olg'oli xuni diyat qatl etsalar nogoh,
  5. Kishi men yanglig' o'lg'on topilur olamda kam yolg'uz.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qilib sarf, eyki ishrat qilg'oli ganjing zaru molin,
  2. Qilursan no'sh xeshu aqrabo birla tarab bolin,
  3. Zamone ko'rmamishsan ro'zgor anduh-u ishkolin,
  4. Na so'rg'ung ushbu mehnatxonada yolg'uz kishi holin,
  5. Ki bo'lg'oy zahr komi ichra ichsa jomi jam yolg'uz.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kishi gar donish ichra to'rt daftarg'a erur xono,
  2. Agar yolg'uz esa nodoncha qadri bo'lmag'oy, jono,
  3. Eshit, aytay sanga holin oning takrorig'a yono,
  4. Bori ilm-u hunar ichra esa har nechakim dono,
  5. Zamon ahli aro bo'lmas zamone muhtaram yolg'uz.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Birovkim yolg'uz ersa aylamas imdod ango tole',
  2. Qayu ishdinki sud istar, bo'lur ondin zarar voqe',
  3. Agar yuz ganj ham sarf aylasa, bo'lmay ango nofe',
  4. Jahon bozori ichra naqdi andoq bo'lg'usi zoye',
  5. Ki tutmas bir pul o'rnin xarj qilsa ming diram yolg'uz.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Makon etsa falak har kimga bekaslik siyahcholin,
  2. O'turgay hasratu nokomlig' birla mahu solin,
  3. Eshitkil ham, yana sharh aylay oning tang ahvolin,
  4. El ichra obro' topmoq tilab sarf etsa amvolin,
  5. Bo'lur beobro'lig' birla elga muttaham yolg'uz.
10-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Adamdin to kelib qildim bu motamxonani maskan,
  2. Qolib g'am ostida bo'ldi ishim o'z holima shevan,
  3. Ko'ngul mahzunu jon g'amginu tan bemoru til alkan,
  4. Agar bu ersa yolg'uzlik g'amikim, man chekibdurman,
  5. Ilohi, bo'lmasun olam aro kufr ahli ham yolg'uz.
11-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aloyiq lavsidin aylab zamiri poking oluda,
  2. Maosh asbobi fikrida chekib yuz ranji behuda,
  3. O'turding borcha avqoting g'am-u, anduh-u, qayg'uda,
  4. Taalluq tarkin aylab emdi tutg'il o'zni osuda,
  5. Qachong'a tegru chekkung, Ogahiy, muncha alam yolg'uz.