Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (24)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 377-378-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'lmayin bir dam nigoro bodaoshomim bila,
  2. Hamdamu hamrohman anduh-u olomim bila,
  3. Naylayin, yo Rab, bu baxti nakbatanjomim bila,
Asos g‘azal bayti
  1. Bir qadah may ichmadim sarvi gulandomim bila,
  2. Bir nafas evrulmadi davron maning komim bila.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dardi ishq-u ranji furqat zo'r aylab har zamon,
  2. Qildilar xam jismi zorimni oningdekkim kamon,
  3. Chorayi istab bu dardimg'a mani bexonumon,
Asos g‘azal bayti
  1. Har mayekim onsiz ichdim, topmadim g'amdin amon,
  2. Zahri g'am go'yo ezilmish erdi ul jomim bila.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aylamay orom bir soat tarab ayvonida,
  2. Jon taloshurman tun-u kun dard-u g'am zindonida,
  3. Ey sabo, arz ayla yetsang ul quyoshning yonida,
Asos g‘azal bayti
  1. Tunga yetmas kunni o'tkardim o'lub hijronida,
  2. Kunga yetkaymanmu, vah, bu subhi yo'q shomim bila?
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toki tushdum ishq aro man zor badnom, ey rafiq,
  2. Topmadim bir dam visoli bazmidin kom, ey rafiq,
  3. Ish manga oh-u fig'ondur subh ila shom, ey rafiq,
Asos g‘azal bayti
  1. Qayda bo'lsun muztarib ko'nglumg'a orom, ey rafiq,
  2. Tutmadim orom chun bir dam diloromim bila.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qosido, yetsang ul oyga hajr muhlik shomin ayt,
  2. Zor ko'nglum ul sifat shom ichra xunoshomin ayt,
  3. Ishqida dard-u g'amim og'oz ila anjomin ayt,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey sabo, ul gulg'a muhlik furqatim payg'omin ayt,
  2. Balki jon naqdin onga yetkur bu payg'omim bila.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishq aro tokim tushubmen aysh-u rohatdin yiroq,
  2. Taqvi ahli majma'idin o'zni solmishman qiroq,
  3. Shavq o'ti jismim aro so'zondurur boshdin ayoq,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'nglum ichra but g'ami, kufr ichra o'lsam yaxshiroq,
  2. Piri dayr ollig'a borg'uncha bu islomim bila.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy, ul oyg'a deb dardi dilim sharhin deyin,
  2. G'am tuni topmoq boqib gah ilgari, gohi keyin,
  3. Ohkim, ag'yor ichib tun-kun oning vasli mayin,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey Navoiy, o'lsam armon eltkumdur ichmayin —
  2. Bir sabuhi guluzori bodaoshomim bila.