Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (25)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 378-379-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr aro afzun bo'lub har lahza ranju mehnatim,
  2. Ne tanimda qoldi tobu, ne ko'ngulda toqatim,
  3. Tong emas emdi adam mulkiga azmi sur'atim,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'lmish andoq munqati' ahli zamondin ulfatim
  2. Kim, o'zim birla chiqishmaydur zamone suhbatim.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ne ajab, har lahza bo'lsam beqaroru tang zarf
  2. Kim, dame Haq yodi birla qilmadim fikri shigarf,
  3. Balki surgum subh-u shom elga xushomad birla harf,
Asos g‘azal bayti
  1. Turfa ko'rkim, xalq komi birla umrim bo'ldi sarf,
  2. Turfaroq bukim birovga yoqmadi bir xizmatim.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Arshni kul aylabon gardin uchurg'ay har taraf,
  2. Saflarin xayli malakning barham urg'ay har taraf,
  3. Oy ila kunni Suho yanglig' yoshurg'ay har taraf,
Asos g‘azal bayti
  1. Yetti ko'kni ko'k varaqlardek sovurg'ay har taraf,
  2. Toqi minoyi aro chirmashsa oh-u hasratim.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dersiz, ey ahbob, tut biz birla bir ma'voda uns,
  2. Mandin etmang tutmoq ummidini bu dunyoda uns,
  3. Kim o'zim birla tuto olmon dame bir joda uns,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey xush ulkim, tushmish erdi vahsh sahroda uns,
  2. Muhish ahvole mangakim, bor o'zumdin vahshatim.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dahr izzu johini arz etma, allimdin yitur,
  2. Kim mani dilxastag'a zebi jahon mardud erur,
  3. Bor, o'zing xurshid oltun xishti birla kom sur,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey falak, anjum ushoq toshin yig'ib boshingg'a ur,
  2. Kim fano mayxonasi toshidin o'ldi turbatim.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Oh — toju chehra — oltun, ashk — la'li nob o'lub,
  2. Ishq aro shahman, muhayyo bu qadar asbob o'lub,
  3. Bilmasam shukrin bu davlatning tanim betob o'lub,
Asos g‘azal bayti
  1. La'ldek boshim osilsun, g'arqayi xunob o'lub,
  2. La'l tikkan saltanat tojig'a bo'lsa rag'batim.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiydek to g'ami ishq ila topdim ittisol,
  2. Dunyou uqbo so'zidin tilni qildim gung-u lol,
  3. Jilvagar bo'ldi manga mundin jamoli Loyazol,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey Navoiy, ikki olamdin kechib topdim visol,
  2. Bu iki butxonadin ermish bu yo'lda ofatim.