Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (26)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · May, soqiy va rindlik · 9 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 379-380-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 9 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Subh may no'sh etkali, ey dilbari ishratmaob,
- Bazm aro maskan tutub xurshid yanglig' beniqob.
- Ilginga olg'ach qadah gah lutf aylab, gah itob,
Asos g‘azal bayti
- Ikki o'tlug' nargisingkim qildilar bag'rim kabob,
- Biridur ayni xumor ichida, biri — masti xob.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Dard ila mehnat sipohi saf tuzub farxoshima,
- Yetkusidur ishq maydonida har dam qoshima,
- Sen dag'i rahm aylamay bu hol ila ko'z yoshima,
Asos g‘azal bayti
- Tig' tortib, dam ola olmay yetushting boshima,
- Go'yo xurshid yanglig' yo'lda ko'rguzding shitob.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishq zulmidin yetib jonimg'a nashtar har kecha,
- Yetti ohim Boxtardin to Buxorvar har kecha,
- Aylabon ta'sir afg'onim sarosar har kecha,
Asos g‘azal bayti
- Ofarinish baski ahvolimg'a yig'lar har kecha,
- Ashk daryosi erur gardun, kavokiblar — hubob.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qilmasam tong yo'q Masihog'a barobar la'lini,
- Kim bilibman jondin ortiq ruhparvar la'lini,
- Ko'z to'kub, xunoba ko'rgach ul sitamgar la'lini,
Asos g‘azal bayti
- Tolpinurman ashk aro har damki, tishlar la'lini,
- Kim tengizga tushsa, jon vahmidin aylar iztirob.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- O'rtanur so'zi nihonim ishq aro bilgan ulus,
- Yig'lagay qon yig'larimni ko'ziga ilgan ulus,
- Dardim anglar hajr tig'i bag'rini tilgan ulus,
Asos g‘azal bayti
- Ranju za'fim bo'lmish andoqkim, so'ray kelgan ulus,
- Holim aylarlar savol, ammo eshitmaslar javob.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xonaqah ichra ko'p o'lma bu sifat aftodakim
- Kim, xarobot ichrau bo'lg'il tarabomodakim,
- Aylagil sajjoda tarkin, sen kimu, sajjoda kim?!
Asos g‘azal bayti
- Necha tasbihing hisobi, zohido, ich bodakim,
- Senu mandeklarga xud bu korgohda ne hisob?!
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'r, ki man taqvi tanin may o'ti birla dog'ladim,
- Panjayi rohat bila toat ko'zin tufrog'ladim,
- Qilg'oli aysh-u tarab jur'at bila bel bog'ladim,
Asos g‘azal bayti
- Gar karam daryosining mavji budurkim, chog'ladim,
- Qoni o'z bo'yniga kim ishratdin etsa ijtinob.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bazmkim rohat yeturgay jomi gulfomi bila,
- Chiqsa ondin har kishi gar Ka'ba ehromi bila,
- Qatl onga vojibdurur bedod samsomi bila,
Asos g‘azal bayti
- Xossa bazmikim quyosh rohin shafaq jomi bila,
- Elga tutg'oy xisravi anjumsipohi Jamjanob.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lma mahzun, Ogahiy, hargiz chekib davron g'amin,
- No'sh qil shah davlatidin dam-badam ishrat mayin,
- Dahr aro o'tkarma avqotingni har dam maysizin,
Asos g‘azal bayti
- Ich, Navoiy, mayki fahm etduk tabibi ishqdin,
- G'ussa zahri daf'ig'a taryok emish yoquti nob.