Muxammaslar
MUNIS G'AZALIGA MUXAMMAS (27)
Munis Xorazmiy g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 380-381-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To Tangri yaratmishdur ul orazi zeboni,
- La'li lab anga bermish bu husni diloroni,
- Ko'rgach ne ajab bo'lsam oshuftau hayroni?
Asos g‘azal bayti
- Jonbaxsh labing uzra chiqmish xati rayhoni,
- Kim ko'rdi Xizr birla ul yerda Masihoni.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ta'dib anga yetkurdi charx o'yla tong otquncha,
- Kim urdi sabo kojin og'zini qonatg'uncha,
- Yetmak sababin so'rsang bu zillat anga muncha,
Asos g‘azal bayti
- Da'vig'a ochib erdi lab og'zing ila g'uncha,
- Bu tarki adabdindur, og'zidin oqar qoni.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Har kimki jahon ichra farzonalig' istaydur,
- Ko'rgach sani aql ondin begonalig' istaydur,
- Har oshiqi shaydokim mardonalig' istaydur,
Asos g‘azal bayti
- Sham'i ruxinga, jono, parvonalig' istaydur,
- Behuda emas oyning har kechada davroni.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey arsayi husn ichra xublar aro chobukrak,
- G'amzang qilichig'a ish har lahza bag'ir tilmak,
- Chashmi siyahing komi jon olmoq erur beshak,
Asos g‘azal bayti
- Payvasta qoshing yoyi mujgondin otar novak,
- Ko'nglum hadafi oning, jonim dog'i qurboni.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hijron aro kom erdi bu shefta holingg'a,
- Kim solsa nazar gah-gah farxunda jamolingg'a,
- Garchi eta olmasman bir lahza visolingg'a,
Asos g‘azal bayti
- Bo'lmish dili tangimda oromi xayolingg'a,
- Zindon aro tutg'ondek manzil mahi Kan'oni.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu dahri dani ichra gar shoh-u va gar soyil,
- Majmu'i ulus joni ruxsoringadur moyil,
- Ey noz fununida mahvashlar aro komil,
Asos g‘azal bayti
- Jonlarg'a jamolingdin ogahlig' o'lur hosil,
- Husn ichra sango bo'lmish oyinayi ruhoni.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Har lahza agar otsang o'q, besabab ermaskim,
- Ogohig'a ondin juz aysh-u tarab ermaskim,
- Tan necha figor o'lsa, jong'a taab ermaskim,
Asos g‘azal bayti
- Payvasta yarolardin shukrim ajab ermaskim,
- Gulrang qabo topmish Munis, tani uryoni.