Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (28)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 382-383-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tokay ul oy hajrida sabr-u qarore ko'zloli?
  2. Emdi oning ishqi dardidin firore ko'zloli,
  3. Bizdin ul andoqki biz ondin kanore ko'zloli,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey ko'ngul, kelgil ikov bo'lub nigore ko'zloli,
  2. Sarvi qaddin istabon siymin uzore ko'zloli.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Orazin gulgul ochib may tobidin ul gul'uzor,
  2. Jilva aylab o'zgalar bazmini qildi lolazor,
  3. Ey ko'ngul, qilmas ango ta'sir emdi oh-u zor,
Asos g‘azal bayti
  1. Yorlig' ko'z tutg'onimiz ko'zlodi chun o'zga yor,
  2. Bizda ham ko'z bor borib bir o'zga yore ko'zloli.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Markabin maydon aro har sori chopib yolg'uzin,
  2. O'zgalar ko'ziga aylar to'tiyo raxshi tuzin,
  3. Bizga yetkach o'zga sori kuch bila tortar o'zin,
Asos g‘azal bayti
  1. Chun g'ubori markabidin ravshan aylar el ko'zin,
  2. Telmurub turg'uncha borib shahsuvore ko'zloli.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Oxtarib olamni, bir xurshidtal'at topmasak,
  2. Gul jabinu g'uncha la'l-u sarvqomat topmasak,
  3. Husn ila tutg'on jahon mulkida shuhrat topmasak,
Asos g‘azal bayti
  1. Gar oningdek sho'xi shahrosho'bu ofat topmasak,
  2. Bir g'aribe mehribone g'amgusore ko'zloli.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Necha jon qilsak fido ul qotili xunxor uchun,
  2. Necha sochsoq ashk durrin yo'lig'a iysor uchun,
  3. Bizdin ulfat qat' etib komi dil ag'yor uchun,
Asos g‘azal bayti
  1. Sayri dashtu bog' etar, biz ham yana bir yor uchun,
  2. Dasht sori ko'z sololi, bog' sore ko'zloli.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Hech kim dashti talab qat'ida, yo Rab, tolmasun,
  2. Jismi oning bori hirmon ostida tovsholmasun,
  3. Etmayin manzilg'a za'f aylab o'zini solmasun,
Asos g‘azal bayti
  1. Garchi nopaydo erur maqsud, armon qolmasun,
  2. Xosu om ichra qilo olg'oncha bore ko'zloli.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Har dam istab ul sitamgar javr-u zulmidin manos,
  2. Topmoq o'zga sho'x ishqig'a tilarsen ixtisos,
  3. Ogahiydek bo'lmog'uncha to oning vaslig'a xos,
Asos g‘azal bayti
  1. Ey Navoiy, bo'lmag'ung ondin bular birla xalos,
  2. Kel, ki ham vaslin tilab, sabr-u qarore ko'zloli.