Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (29)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 5 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 383-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 5 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'lma moyil dahr bog'ining bahoristonig'a,
  2. Qilmag'il maftun ko'ngulni nargisi fattonig'a,
  3. Aylama jon bulbulin shaydo guli xandonig'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Otashin gul garchi ziynatdur jahon bo'stonig'a,
  2. Barq erur, har yel uchurg'on bargi bulbul jonig'a.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ohkim, bu dayrning ayshig'a yo'qtur, e'tibor,
  2. Ishratidin surati usrat bo'lubdur oshkor,
  3. Ko'rki yuz ming jon chekib, tortib suubat beshumor,
Asos g‘azal bayti
  1. Bir qadah may ichmadi bu dayr ahli bexumor,
  2. To taharruk bo'ldi bu tosi nigun davronig'a.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Toki ul begonavash ishqig'a bo'ldim oshno,
  2. Vaslidin mahrum o'lub, chekmak ishim ranju ano,
  3. Toqatim yo'q tuzgali mundoq suubatg'a yano,
Asos g‘azal bayti
  1. Hasrat o'lturdi mani, ey mug', ketur jomi fano
  2. Kim, chiday olmon bukundin so'ng aning hijronig'a.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishq tavrida vafo ahlig'a bordur o'zga hol
  2. Kim, berib yuz jon qilurlar so'ngra ummidi visol,
  3. Qilmasun har bul havas da'voyi ishq etmak xayol,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'lmayin foni muhabbat, jomin ichmakdur mahol,
  2. Sabt eting bu nuktani dayri fano ayvonig'a.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ishq vodiysi aro azm aylabon har yon dalir,
  2. Vasl shavqida tun-u kun tortib afg'onu nafir,
  3. Ogahiy yanglig' talab ichra bo'lub mehnatpazir,
Asos g‘azal bayti
  1. Kom topmay kimki, hirmon dardig'a bo'lmish asir,
  2. Istasa hamdard, o'lturtung Navoiy yonig'a.