Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (30)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 384-385-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yuzi xurshidikim, bo'lmish saodat nuri fosh ondin,
- Safo kasb aylabon, oy-u kun aylarlar talosh ondin,
- Erurlar olam ichra kecha-kunduz nurfosh ondin,
Asos g‘azal bayti
- Hamul tog'eki toli' bo'lmish erdi ul quyosh ondin,
- Quyosh la'licha bordur boshima har pora tosh ondin.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Saodat subhidek har dam ayon aylab tabassumni,
- Gulafshon etkali ag'yor aro rangin takallumni,
- Qilibdur tiyra ohim dudi pinhon moh-u anjumni,
Asos g‘azal bayti
- Ko'zumg'a uyqu g'am shomi netib kirgayki, mardumni
- Yaqindurkim oqizg'ay sel ro'di birla yosh ondin.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Mayolud aylabon ul dilrabo la'li qadahno'shin,
- Ayon etti jahon ahlig'a jon sarchashmasi jo'shin,
- Ko'zi mastona boqg'och, ochibon qosh yosi og'ushin,
Asos g‘azal bayti
- Kavokib nargisiyu charxning qavsi ko'ngul hushin,
- Ne olsunlar, chu olmishlar oni ul ko'z-u qosh ondin.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Shabi hijron aro asru buzuldi ko'nglum ahvoli,
- Hazin jon dog'i bo'ldi dard-u mehnat xayli pomoli,
- Adam yo'lig'a oxir o'zni g'amdin qilg'ali xoli,
Asos g‘azal bayti
- Ko'ngul bir oyni istay bordi, jon qoldi o'lum holi,
- Bu ham ayrilmag'ay erdi bu qotig' yo'lda kosh ondin.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hamul Shirinliqo ishqi tutub har jon ila tanda,
- Qaroru sabr-u toqat qo'ymadi Farhoddek manda,
- Kezarman ko'hsor ichra bo'lub tun-kun parokanda,
Asos g‘azal bayti
- Junun afg'onidin tog' ichradur nolam xaroshanda,
- Aningdekkim sado faryodig'a tushmish xarosh ondin.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'ngul, yetsa sanga gar foqadin andozasiz mehnat,
- Tavakkul Haqqa aylab, chekmagil maxluqdin minnat,
- Riyozat birla xo'y et, bor esa senda gar himmat,
Asos g‘azal bayti
- Bag'ir pargolasin aylab g'izo, qonin qilib sharbat,
- Tavaqqu' qilma olam ahlidin o'tsa maosh ondin.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Fig'onin Ogahiyning yetti charx ahli eshittikim,
- Sadoi giryasi ahli jahon bag'rin erittikim,
- Dema giryon bo'lub, tun-kun na maqsad hosil ettikim,
Asos g‘azal bayti
- Navoiy muknati qon yosh ila bir yerga ettikim,
- Bo'lubdur la'lfarsh ofoq aro har yon bu yosh ondin.