Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (31)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 5 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 385-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 5 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Tinmayin emdi tun-u kun, ey hazin jon, yig'lag'il,
- Kim ul oy bo'lmish vafodin ro'ygardon yig'lag'il,
- O'zgalar bazmig'a mayl etmish namoyon yig'lag'il,
Asos g‘azal bayti
- Ey ko'ngul, hijron kunidur tortib afg'on yig'lag'il,
- V-ey ko'z, ayrilg'ungdur ul gulchehradin, qon yig'lag'il.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Borg'ali tokim raqibi, hosidi purfan sori,
- Kelmadi aylab talattuf goh-gohi man sori,
- Manda had yo'q borg'ali, ul gul bo'lur maskan sori,
Asos g‘azal bayti
- Ko'z tutarman, ey bulutkim, o'tsang ul gulshan sori,
- Chun sog'insang bizni, un tortib farovon yig'lag'il.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To nishiman qilg'ali ag'yor har kun bazmida,
- Chiqg'usidur aytilib afsonalar un bazmida,
- Dast topsang vaslining iqbolig'a chun bazmida,
Asos g‘azal bayti
- Rostlig' haqqi uchun, ey sham', har tun bazmida
- Chiqsa so'z mandin kuyub behaddu poyon yig'lag'il.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar erursan maqsadi aslig'a tolib, ey ko'ngul,
- Qat' qilmoqdur fano dashtini vojib, ey ko'ngul,
- Sanda ajz afzun-u iste'dod g'oyib, ey ko'ngul,
Asos g‘azal bayti
- Yo'l qotig', maqsud mubham, ya's g'olib, ey ko'ngul,
- Un chekib bu holinga to bordur imkon, yig'lag'il.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Belu og'zi olg'on o'lsa sandin orom-u shikib,
- Ko'rguzub ko'shish alar vaslig'a yetmakdur ajib,
- Ogahidek to adam sarhaddig'a yetmay qarib,
Asos g‘azal bayti
- Ey Navoiy, belu og'zidin sango yo'qtur nasib,
- Xoh paydo nola qilg'il, xoh pinhon yig'lag'il.