Muxammaslar
FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (32)
Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 386-387-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To xublug' sariri uza maskan aylading,
- Qilmoq mane gadoga sitamlar fan aylading,
- Ahbob majlisin kechalar ma'man aylading,
Asos g‘azal bayti
- Ey mah, banimla do'stlarim dushman aylading,
- Dushman ham aylamaz bu ishnikim, san aylading.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yolbordi ko'b tazarru' ila bu hazin sango,
- Bir dam jafo kam o'lmadi, ey mahjabin, sango,
- Balkim ziyodroq bo'lubon qahru kin sango,
Asos g‘azal bayti
- Paykonlaringla do'ldi tanim, ofarin sango,
- Bedod chekmakka tanimni oyin aylading.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'bdin beri chekib tun-u kun nolayi hazin,
- Subhi visola bir dam o'lo olmoyin qarin,
- Furqat qaro tunida edim ojiz-u g'amin,
Asos g‘azal bayti
- Bo'lsun ziyoda rifating, ey ohi otashin,
- Mehnatsaromizi bu kecha ravshan aylading.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ul sarvqad mudom etibon mayli ahli dun,
- Bu g'ussa ostida bo'lubon qomatim sarnigun,
- Zindoni hasrat ichra edim ojiz-u zabun.
Asos g‘azal bayti
- O'ksilmasun tarovating, ey ashki lolagun,
- Gul-gul domub maqomimizi gulshan aylading.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Javr-u jafo mango falaki puritobdin,
- Afzun yetar hamisha qiyosu hisobdin,
- Za'fim agar qavi bo'lubon bu azobdin,
Asos g‘azal bayti
- Jon chiqsa manzil etmaga ev dut hubobdin,
- Ey ko'z yoshiki, qasdi binoi tan aylading.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hargiz jafou javr rusumini qo'ymading,
- Zulm aylamakdin, ey buti xunxor, to'ymading,
- Ko'ksimdin o'zga yerga otib novak o'ymading,
Asos g‘azal bayti
- Tahsin sangoki, ko'nglum uyin tiyra qo'ymading,
- Har zaxmi novaking anga bir ravzan aylading.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chun yo'qturur bu olam aro istidomating,
- Bas onda, Ogahiy, nedur istiqomating,
- Azmi tariq ayla, ko'polmay nadomating,
Asos g‘azal bayti
- Mumkin degil jahonda, Fuzuliy, iqomating,
- Behuda san bu marhalada maskan aylading.