Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (33)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 387-388-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Zamon-zamon boshim uzra hujum etib kelasiz,
  2. Nafas-nafas yuragim pand tig'idin tilasiz,
  3. Chu zajru man'i manga sud qilmasin bilasiz,
Asos g‘azal bayti
  1. Jamoateki junun man'ini mango qilasiz,
  2. Tosh otibon, ne uchun telbalarga qotilasiz.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Falak sitam qilibon ul quyoshdin ayrildim,
  2. O'larg'a hajr qaro shomida yovuq keldim,
  3. Visol subhig'a chun emdi etmasim bildim,
Asos g‘azal bayti
  1. Keting, ko'ngul bila jonkim, vidoingiz qildim,
  2. Firoq agar budurur, erta kunni kech qilasiz.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Qilib firoq aro qon yoshingiz ravon yig'lang,
  2. Ki qilg'usi safar ul sarvari zamon yig'lang,
  3. Bu g'ussa birla xarob o'lg'udek jahon yig'lang,
Asos g‘azal bayti
  1. Firoq vaqti erur, ko'zlar emdi qon yig'lang,
  2. Bilurmusizki, bukun ne kishidin oyrilasiz?
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bag'irg'a sabr qo'li birla tobakay tosh uray,
  2. Qachong'a tegru tahammul ayoqig'a bosh uray,
  3. Tilarmen emdi fig'onim, falakdin oshuray,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'ngul fasonalari, sizni, vah, netib yoshuray,
  2. Bu nav' yuz sarikim qon yosh ila yozilasiz.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Agarchi poku musaffodurur mazohiri ashk,
  2. Valek bo'lmadi ul hur chehra noziri ashk,
  3. Tushar ayoqig'a bu vajh ila maqotiri ashk,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'zim haqini bihil qildim, ey javohiri ashk,
  2. Ki bori ham oning o'q-maqdamig'a sochilasiz.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Nega fig'onim ila dahr elin injitmay?
  2. Nedin o'zimdin ola olmayin nafas ketmay?
  3. Bu dam adam sori borg'um murodima yetmay,
Asos g‘azal bayti
  1. Firoq nishlari vahki, yana rahm etmay,
  2. Nafas-nafas, nega majruh ichimga sonchilasiz?
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kishiga lozim erur bo'lsa hama holda shukr,
  2. Agar zavol aro bo'lsun vagar kamolda shukr,
  3. Ko'ringki, Ogahiydek qilmay ittisolda shukr,
Asos g‘azal bayti
  1. Navoiy hajrda qoldi, qiling visolda shukr,
  2. Jamoateki sevar yoringiz bila bilasiz.