Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (34)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 388-389-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yana ne ko'z sitamidin hazinu giryonman,
- Yana ne kirpik o'qi zaxmi birla nolonman,
- Yana ne la'l g'ami ichra jon kibi qonman,
Asos g‘azal bayti
- Yana ne chehrag'a o't soldi may, ki hayronman,
- Yana ne turrani yel ochtikim, parishonman.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qachong'a tegru bu vodiyda yerga past o'loyin,
- Jabini sajda bila naqshi po kibi to'loyin,
- Tilarman emdi qiyom ichra sadqasi bo'loyin,
Asos g‘azal bayti
- Uchurg'il, ey quyun, ul oy boshig'a evruloyin,
- Bu damki, yo'lida tufroq birla yakson man.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'rub firoq aro holimni, hushidin ketar el,
- Darig' tirnog'idin yuzlariga xat bitar el,
- Base bu qissada hayrat mahalig'a etar el,
Asos g‘azal bayti
- Biri fusunu, biri simyog'a haml etar el,
- Bu za'fdinki, bo'lub el ko'zig'a pinhonman.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Vujud olamig'a toki bo'lmisham maqrun,
- Quyun kibi mani sahronavard qildi junun,
- Oningdek uns mango tutdi vahshiyi homun,
Asos g‘azal bayti
- Vuhush aro mani dasht uzra ko'rdi chun Majnun,
- Tasavvur ayladi ul xayl aro nigahbonman.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Necha jahon elig'a do'stlig'ki qozg'ondim,
- Vafo umidi bila boshlarig'a aylondim,
- Vale jafolarig'a tuzmadim, dog'i yondim,
Asos g‘azal bayti
- Chu xalqdin qochibon dasht sori yuzlondim,
- Rafiqlar, bilingiz, vahshiyi biyobonman.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Burun o'zumga zamon ahlin oshno ko'rdum,
- Borig'a mehr-u vafo aylamak ravo ko'rdum,
- Valek so'ngra alardin tuman balo ko'rdum,
Asos g‘azal bayti
- Chu bilmay elga vafo ayladim, jafo ko'rdum,
- Ne sud emdi agar nechakim pushaymonman.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ko'ngul sajanjalidin raf' etarga g'am zangin,
- Tongibman, Ogahiy, Xorazmdin safar tangin,
- Pisand himmatim etmay Buxor avrangin,
Asos g‘azal bayti
- Qilurman emdi, Navoiy, Hijoz ohangin,
- Sog'inmog'ilki, yana ozimi Xurosonman.