Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (35)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 389-390-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To ayladi azmi safar mastona ul ruxsor mah,
- Xoki rahig'a bosh qo'yub topti murodini hamah,
- Tong yo'q, bu xijlatda agar o'lsam mane baxti siyah,
Asos g‘azal bayti
- Ne po'ya urdim yo'lida, ne boshim ettim xoki rah,
- Ul sho'x ishqi sa'yida boshdin ayoqimdur gunah.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey hamdami neku shiyam, so'rsang agar mendin alam,
- Tutg'il quloq aylab karam, aylay sango man sharhi g'am,
- Tun bazm aro qo'yub qadam, ilgingga olib jomi Jam,
Asos g‘azal bayti
- To boda ichti ul sanam, to mayg'a cho'mdi la'li ham,
- Jonimda o'tdur dam-badam, bag'rimda qondur tah-batah.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishq ichra man bemorg'a, hijronda dil afgorg'a,
- Yonmoq ish o'lmish norg'a, yetmak tilab dildorg'a,
- Ko'b qo'ymayin ozorg'a, yo Rab, yetur diydorg'a,
Asos g‘azal bayti
- Chun jilva bo'ldi yorg'a, aysh o'ldi joni zorg'a,
- Kim ul qadu raftorg'a jon gulshanidur jilvagah.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ochsa bo'lub masnadnishin yuz uzra zulfi anbarin,
- Bo'lmoq asiri kufrdin, tong ermas, ey dil, bil yaqin,
- Gar qahr ila ul mahjabin, solib qoshi ustig'a chin,
Asos g‘azal bayti
- Jon qasdig'a qilsa kamin, xayli erur ming nozanin,
- Xurshid cheksa tig'i kin anjum, ne tong, bo'lmoq siyah.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hajri g'amidin ro'z-u shab, jismimda erdi larz-u tab,
- Nogah qilib tarki g'azab, kulbamg'a keldi besabab,
- No'sh aylabon may lab-balab, izhor etib aysh-u tarab,
Asos g‘azal bayti
- Ochg'och yuzin ul no'shlab, qildim fig'on birla shag'ab,
- Bulbulg'a tushsa ne ajab, oshubu afg'on subhgah.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xobi jaholatdin oyil, mag'ruri davlat bo'lmog'il,
- Tangri rukuig'a egil, har lahza och shukrig'a til,
- Lutf ilgi birla muttasil faqr ahli ko'z yoshini sil,
Asos g‘azal bayti
- Umr o'tmagin andisha qil, davrong'a yo'qtur mehr — bil,
- Ey shah, gadoni ko'zga ilkim, ne gado qolur, ne shah.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar qil g'ino avjini yo'l, kar ko'hi faqr ostida o'l,
- Shukrig'a doim qo'y ko'ngul, ahli rizo ichra qo'shul,
- Lek Ogahiydek bo'lma go'l, solib ko'zingni sog'u so'l,
Asos g‘azal bayti
- Har yon, Navoiy, sunma qo'l, ne kelsa Haqdin — rozi o'l,
- San ojiz-u hokimdur ul, "al-fajru lak val hukmu lah".