Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (36)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 390-391-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey dilbari mahbubim, guldek yuzingni ko'rsot,
- Bulbul kibi ushshoqing shavq o'ti bila o'rtot,
- Tong otti, xumoringni jomi may ila torqot,
Asos g‘azal bayti
- Sho'x iki g'izolingni noz uyqusidin uyg'ot,
- To uyqulari qochsun, gulzor ichida o'ynot.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sarv olida qadingni har sori xiromon qil,
- G'uncha qoshida la'ling gulbargini xandon qil,
- Birning oyoqin band et, birning ichini qon qil,
Asos g‘azal bayti
- Tishlabki soching o'rdung, ochg'onda parishon qil,
- Ofoq savodida jon royihasin butrot.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'ston aro ohimdin gul ochilib oshufta,
- Faryodim ila bulbul holi kelib oshufta,
- Jono, bu asiringning holin bilib oshufta,
Asos g‘azal bayti
- Gulimg'a xayafshon kel, zulfing qilib oshufta,
- Anjum sipahin sindur, ofoq ulusin qo'zg'ot.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Hajringda harob etti yuz dard-u mihan ko'zni,
- Ashki tugotib har yon, qon etib vatan ko'zni,
- Bu hol ila ko'p qo'ymay ey siymbadan ko'zni,
Asos g‘azal bayti
- Oraz quyoshin ochib, ashki qurug'on ko'zni,
- Ko'p hajrida yig'latting bir vaslda ham yig'lot.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishq ichra gahi ko'hu gah dasht sori chopib,
- Har g'am toshikim otti, charx oldim oni qopib,
- Maydoni fano gardi umrim yuzini yopib,
Asos g‘azal bayti
- Bir oh ila kul bo'ldim, ey charx, tilab topib,
- Farhod ila Majnung'a oshiqlik ishin o'rgot.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Dahr ichra bu kam fursat umringni g'animat bil,
- Davlatg'a g'urur etma, Haq qulliqini qilg'il,
- Tonglaki ajal yetsa, tufroq o'lub, ey g'ofil,
Asos g‘azal bayti
- Xoro tubida yotg'ung yo'q sud agar yuz yil,
- Ko'k atlasi ustida jismingni yotib og'not.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chun jomi hilolining bo'lg'on chog'i mushtoqi,
- Ogahiy kibi aylamay ko'ziga falak toqi,
- Afzun bo'lubon har dam yuz arbada qilmoqi,
Asos g‘azal bayti
- Bazm ichra Navoiy ko'b yig'lar esa, ey soqiy,
- Hush eltguvchi doruni jomig'a oning choyqot.