Muxammaslar
NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (37)
Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Husn va jamol ta'rifi · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 391-392-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To xol xatt uzoring aro bo'ldi oshkor,
- Subhi umidim uzra padid o'ldi shom-u tor,
- Ne nav' ochay ko'zumni mani tiyra ro'zgor,
Asos g‘azal bayti
- Xolu xatting xayolidin, ey sarvi gul'uzor,
- Gohi ko'zumga xol tushubdur, gahi g'ubor.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ta'rifi xolu vasfi ruxing qilsam ibtido,
- Yuz umr agar surulsa qalam yo'qdur intiho,
- Lekin bu ikki nuktani qildim bu nav' ado,
Asos g‘azal bayti
- Yuzungda xol safhada tomg'on kibi qaro,
- Xoling malohati tuz erurkim qaro diyor.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ohimni eshitib mani so'rmoqg'a kelmasang,
- Lutf ilki birla yuz uza ashkimni silmasang,
- Jismim yotib kul o'lg'onini ko'zga ilmasang,
Asos g‘azal bayti
- Jonimni o'rtagon yuzu xolingni bilmasang,
- O't shu'lasida ayla gumon bir o'chuk sharor.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Purzaxmat ila kavkabi umrim zavolidur,
- Ondin hamisha jonim ajal poymolidur,
- Jono, bu bediling tun-u kun bila holidur,
Asos g‘azal bayti
- Bilmon, ko'ngulda xollaringning xayolidur,
- Yo gar payking tegonlarin aylab sen ustuvor.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Umrim guli shamolu xazon birla so'lmog'in,
- Jismim binosi saylu fano bila to'lmog'in,
- Jonimg'a dog'i otash hasrat quyulmog'in,
Asos g‘azal bayti
- Har dam ko'ngul halok, ko'zum tiyra bo'lmog'in,
- Bilgay birovki yori erur sho'xi xoldor.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chun xatu xol qildi muzayyan jamolini,
- Bo'ldim asir ko'rgali husni kamolini,
- Tong yo'q mudom istasam oning visolini,
Asos g‘azal bayti
- Mashshotayi qazo bezamish xatu xolini,
- Beixtiyorliqda manga bormu ixtiyor?
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- La'lingdin, Ogahiy, kishi so'z so'rsa, jon berur,
- Xoling xayoli ko'nglida o'ltursa, jon berur,
- Ishqing aro o'tursa o'lar, tursa jon berur,
Asos g‘azal bayti
- Miskin Navoiy xoli labing ko'rsa jon berur,
- Boqsang, ne bo'ldi surati holig'a, ey nigor?