Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (38)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 393-394-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Agar mehnat tuni ichra mango yuz yil maosh o'lsun,
  2. Va gar jismi zayifim g'am savodi ichra losh o'lsun,
  3. Demon rohat sipehrining quyoshi nurfosh o'lsun,
Asos g‘azal bayti
  1. Agar ishqing havosida yog'ar har jola tosh o'lsun,
  2. Nishona har biriga, derman, ushbu xasta bosh o'lsun.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ajalning rahzanidin bo'lmayin gar naqdi jon xavfi,
  2. Muyassar bo'lsa sartosar jahon bozorining tavfi,
  3. Topo olmon matoi husninga bir nima mustavfi,
Asos g‘azal bayti
  1. Yuzungning mehridin bir zarra solmon gar falak javfi,
  2. To'lo bo'lsun filuri bir filuri, bir quyosh o'lsun.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Dili shaydo bila joni hazinimg'a agar har dam,
  2. Necha dog' o'rtasang ondin ziyoda bo'lg'usi xurram,
  3. Bu yanglig' benavolardin dami ehsoning etma kam,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'ngulg'a jon bila bir dog'ing ozdur, qo'y yana bir ham,
  2. Necha ikki gadog'a bir diram uzra talosh o'lsun.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Na zolim erdikim, muncha jafo qilmoq bila tolmas,
  2. Jafosidin amon bir lahza, g'amgin xotirim qolmas,
  3. Necha faryod qilsam, zor holimg'a nazar solmas,
Asos g‘azal bayti
  1. Sitam zangin temurdek ko'nglidin, vahkim, qira olmas,
  2. Nechakim nolai zorimda suhondek xarosh o'lsun.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Visoling bodasining bo'lmisham ul nav' mushtoqi,
  2. Ki oning intizoridin qorordi ko'zlarim oqi,
  3. Na yer sahni ko'zumga ko'runur, na charxning toqi,
Asos g‘azal bayti
  1. Ko'ngulda sirri ishqing asray-asray o'ldum, ey soqi,
  2. Qadah tutkim, xarobot ahlig'a fosh o'lsa fosh o'lsun.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tun-u kun faqr ko'yida tuzub bir majlisi dilkash,
  2. Fano jomi bila lojur'a sipqor bodayi beg'ash,
  3. Yetushsang saltanat taxtig'a, bo'lma g'arrayu sarkash,
Asos g‘azal bayti
  1. O'larda tengdur, shoh aylasa gulshan gulin mafrash,
  2. Va gar gulxan kuli uzra gado sohibfirosh o'lsun.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'z istar dam-badam qoqum bila qunduzda yer bergay,
  2. Ko'ngulning orzusi buki, doim o'zda yer bergay,
  3. Tamanno Ogahiyga budururkim, yuzda yer bergay,
Asos g‘azal bayti
  1. Navoiy ashk durridek tilarkim, ko'zda yer bergay,
  2. Agar ishqing havosida yog'ar, har jola tosh o'lsun.