Muxammaslar
FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (39)
Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Dunyoning bevafoligi va nasihat · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 394-395-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Podshoho, davlatu umringg'a nuqson o'lmasun,
- Qulluqingni qilmag'on davron aro xon o'lmasun,
- Hodisoti dahrdin ko'nglungda armon o'lmasun,
Asos g‘azal bayti
- Ko'nglungdur javringdin parishon o'lmasun,
- Charx farmoning-la kezmakdin pushaymon o'lmasun.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Gar sanga mulki jahon yaksar musallam o'lmasa,
- Yer yuzi fayzi quduming birla xurram o'lmasa,
- Charx yuz odob ila ta'zimingga xam o'lmasa,
Asos g‘azal bayti
- Yer ishi ko'k junbushi, roying-la har dam o'lmasa,
- Yedi iqlim-u do'quz gardun gardon o'lmasun.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey shahi anjumhasham, v-ey xisravi gardunjanob,
- Kirmasa ro'yi zamin hukmingg'a bo'lsun g'arqi ob,
- Elga sovrulsun falak, ra'yingdin etsa inqilob,
Asos g‘azal bayti
- Qilmasa olam murodingcha, mador o'lsun xarob,
- Dunmasa davron, saning ra'yingla davron o'lmasun.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Etmasun aynul kamol aslo uluvvu sha'ninga,
- Bandang o'lsun shohlar, muhtoj o'lub ehsoninga,
- Haq berib ta'yidi nusrat xayli bepoyoninga,
Asos g‘azal bayti
- Tobi' o'lsun jumlayi olam saning farmoninga,
- Jumlayi olamda sandin g'ayri sulton o'lmasun.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Dam-badam masrur o'lub, farxunda davroning-la charx,
- Ne esa kom-u muroding, oylanib oning-la charx,
- Dur qilmay maqsadi a'doi nodoning-la charx,
Asos g‘azal bayti
- Chirkinurkan do'stlar komicha farmoning-la charx,
- Hokimi taqdirdin tag'yiri farmon o'lmasun.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ostoningi tavfig'a yuz kelturub olam tamom,
- Kimsa qilmay qolmamish zilli zalilingni maqom,
- Xoni altofing navolidin olibdur barcha kom,
Asos g‘azal bayti
- Bir binodur davlating o'lmish panohi xosu om,
- Ul bino, yo Rab, jahon o'lduqcha vayron o'lmasun.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Til tutulsun, midhatingda nuktaoro bo'lmasa,
- Jong'a o't tushsun, xayoling onda paydo o'lmasa,
- Ogahiy lol o'lsun, avsofing bila to o'lmasa,
Asos g‘azal bayti
- Lahza-lahza gulshani madhingda go'yo o'lmasa,
- Bulbuli nutqi Fuzuliyning xushilhon o'lmasun.