Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (40)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Madh va duo · 5 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 395-396-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 5 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Din eliga lutfingni ayla rahbar, yo Rab,
  2. Kufr xaylini qilg'il xor-u darbadar, yo Rab,
  3. Orzu mango bordur shom ila sahar, yo Rab,
  4. Nusrat zafar bergil shahg'a bu safar, yo Rab,
  5. Bo'lsun ul safar tuni kun amni bexatar, yo Rab.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Shoh ila sipah xayli ding'a bo'lg'oli nofe',
  2. Ko'rmadi azimatg'a yo'l su'ubatin mone',
  3. Sur'ati tamom ila yo'lg'a bo'ldilar qote',
  4. Barcha lashkari islom ranjin aylama zoe',
  5. Kunda yetkur ul ahlg'a naf'i bezarar, yo Rab.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Shafqating bila shahni koni ma'naviy qilg'il,
  2. Ya'ni ushbu dahr ichra mulki Xisraviy qilg'il,
  3. Xizr umrini bergil, qadrin Isaviy qilg'il,
  4. Tole'in baland aylab, baxtini qaviy qilg'il,
  5. Din rivojig'a ulkim bog'ladi kamar, yo Rab.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Din eli sipohidin kirsa razm aro har tir,
  2. Lutf ila karam aylab, nusrat ila yoriy ber,
  3. Har nafas saning yoding ko'ngli ichra aylab er,
  4. Iltijo qilib maqsud har kishiki, yo Rab, der,
  5. Dargahingda maqbul et, ey Mujibi har, yo Rab.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Tig'i razm joyig'a qat' etib tumon manzil,
  2. Behisob lashkarni yig'nabon shahi odil,
  3. Ogahiy duo aylar bu tariqa ochib til,
  4. Razm aro dilovarlig' har kim aylasa qilg'il,
  5. Lutf ila ehsoning boshig'a sipar, yo Rab.