Muxammaslar
FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (41)
Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 396-397-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Dutdilar ishq eli tufroq kibi sahro etagin,
- Nogahon sayra kelursa dutolar to etagin,
- Dutmog' o'lurmu bu tadbir ila oyo etagin,
Asos g‘azal bayti
- Ola olur gezajak ul guli ra'no etagin,
- Vahm edarkim, duta bir oshiqi shaydo etagin.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To parivor manga jilvalar aylab yashurun,
- Otashi ishq ila qo'ydi dilu jonimg'a dugun,
- Tanni tufroq edubon, yo'li uza dutdim o'run,
Asos g‘azal bayti
- Bildikim, xoki rah o'ldum etakin dutmog' uchun,
- Ko'tarur dushmaya quymaz yera amdo etagin.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Mani dilxastag'a bedod etibon shom-u sahar,
- Ayladi jon-u dilu sabrimi mafqudul-asar,
- Tuza bilmay bu sifat zulm ila bedoda magar,
Asos g‘azal bayti
- Dodlar qilmaya ul kofir alindan kechalar,
- Chiqsa ohim go'ka to duta Masiho etagin.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Nechakim qilsa talab dashti aro sa'y fuzun,
- To sovurmay badani gardini andoqki quyun,
- Yetmadi manzili maqsuda yurub har Majnun,
Asos g‘azal bayti
- O'yla uryon garak ovorayi sahroi junun
- Ki, taalluq tikani dutmaya qat'o etagin.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Otashi hijron ila uryon badanim sartosar,
- Yonar andoqki uqubat o'tina ahli saqar,
- Bu azob ichra ko'zum yoshiki bu nav' oqar,
Asos g‘azal bayti
- Shomlar qonlu yoshim mavjina albatta dagar,
- Nechakim ko'tarur charxi muallo etagin.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kimki payvasta qo'li jom ila sahboda o'lur,
- Javri gardunu g'ami dahrdin ozoda o'lur,
- O'lsa ham tufrog'i oning tarabomoda o'lur,
Asos g‘azal bayti
- Rindi xok o'lsa dog'i durdi xumi boda o'lur,
- Na esa qo'ymaz alindan mayi sahbo etagin.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ogahiy, fasli bahor o'ldi-yu yuz ochti chaman,
- Bo'ldi sahro yuzi oyinayi gulzori Xo'tan,
- G'unchavash tang o'lubon aylama bir yerda vatan,
Asos g‘azal bayti
- Gullar ochildi, Fuzuliy, yoqalar chok edubon,
- Gel dutolum mayu mahbub ila sahro etagin.