Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (42)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Husn va jamol ta'rifi · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 397-398-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Gul kibi yuzung uzra chiqti anbarafshon xat,
  2. Ishq elini bulbuldek qildi zori hayron xat,
  3. Rashk o'tig'a jonlarni, tong yo'q, etsa so'zon xat,
  4. Bo'ldi la'li jonbaxshing uzra to namoyon xat,
  5. Ey pari, Xizr yanglig' topti jovidon jon xat.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yo'q sarir husn uzra sen kibi shahi volo,
  2. Kim hujum etibdurlar el qopungda hashroso,
  3. Ushbu keng jahon ichra kimsa qolmayin aslo,
  4. Barcha el xating ko'rgach banda bo'ldilar go'yo,
  5. Qul qilurg'a olamni aylading namoyon, xat.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xatki bo'ldi, la'lingda mo'-bamo' ayon, ey sho'x,
  2. Orazingg'a yetkurdi husni paykaron, ey sho'x,
  3. Qaysi til bila vasfin aylayin bayon, ey sho'x,
  4. Jonfizo labing uzra aylamish makon, ey sho'x,
  5. Aylagan kibi maskan Xizri obi hayvon xat.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xum ichida may doim maskanin ayon etmish,
  2. Tang aro shakar mahmil yorsa har qayon etmish,
  3. Tiyra jismi ichida joni beibo makon etmish,
  4. Zulmati obi hayvonni sarbasar nihon etmish,
  5. La'li ruhbaxshingni, tong yo'q, etsa pinhon xat.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xil'ati nazokatdur qadinga to'qulg'ondek,
  2. Xutbai malohatdur otinga o'qulg'ondek,
  3. Xoldor labing uzra nuqtalar qo'yulg'ondek,
  4. Safhag'a yozilsa xat zebi ortiq o'lg'ondek,
  5. Aylamish uzoringg'a xubluq farovon, xat.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Orazing uza xati mushkboriy erkonmu?
  2. Yo bihisht bog'ining sabzazori erkonmu?
  3. Yo'qsa husn subhining shom tori erkonmu?
  4. Mushafi razing uzra xatti g'ubori erkonmu?
  5. Safhasida ko'rguzmish yo'qsa mehri raxshon xat?
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Gul kibi sango oraz asru dilkusho bordur,
  2. Zebbaxsh anga har yon xati mushkoso bordur,
  3. Sanda to bu xat yuz, ey pariliqo, bordur,
  4. Istabon guli rayhon negakim sango bordur,
  5. Ishrati chaman — oraz rashki bo'yi rayhon, xat.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Eyki, asru bo'lmishsen g'arrayi binoi husn,
  2. Bexazon emas, bilgil, bog'i dilkushoyi husn,
  3. Bor esang agar oqil, istama vafoi husn,
  4. Fahm qil yuzu xatdin yo'qlig'in baqoi husn,
  5. Ul varaqda bu mazmun bilgurur yozilg'on xat.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul pariki monandi bu jahon aro yo'qdur,
  2. Yo erur iki qoshi g'amzasi anga o'qdur,
  3. Garchi furqati ichra jon chiqarg'a yovuqdur,
  4. Ogahiy abad umri mujdasidin ortuqdur,
  5. Va'dayi visol aylab gar yuborsa jonon xat.