Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

OGAHIY MUXAMMASI (43)

Asos g‘azal aniqlanmagan · Husn va jamol ta'rifi · 7 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 398-399-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 7 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Uyotlig'dur Masiho bu kalomi ruhfoshingdin,
  2. Xijildur badr ham bu husn ila o'n to'rt yoshingdin,
  3. Nechuk derman nishondur yangi oy zebanda qoshingdin,
  4. Bukim charx oftobi evrulur har lahza boshingdin,
  5. Taraddud birla tinmay kasbi nur aylar quyoshingdin.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'zingdur zohiran yuz xayli inson ofati vahkim,
  2. Qoshing iymosi maxfiyan bani jon ofati vahkim,
  3. Demay yolg'uz alarni jismi vayron ofati vahkim,
  4. Erur ko'z-u qoshing har biri yuz jon ofati vahkim,
  5. Nechuk jon asrog'ayman bo'yla fatton ko'z-u qoshingdin.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Nazar ahvolima sol, ey yuzi xurshidi tobonim,
  2. Ki hajringda tun-u kun ro'zadek muztardurur jonim,
  3. Chiqib boshim uza lahza-balahza dudi afg'onim,
  4. Bo'lubdur shom yanglig' tiyra sensiz bayt ul-ahzonim,
  5. Kelib oni munavvar ayla mehri nurposhingdin.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ko'rub noz-u adosindin bu zor-u bedilu bekas,
  2. Kuyub ishq o'tig'a har lahza ul yanglig'ki xor-u xas,
  3. Qila olmay dame oh urmoqu qon yig'lamoqni bas,
  4. Agar faryod-u afg'onim falakka yetsa tong ermas,
  5. Ki jon naqdini taroj aylading o'g'rin qaroshingdin.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Vafo rasmin tutub, jono, ko'ngul ranju malolin so'r,
  2. Labing hajri aro tilning tushunmasdek maqolin so'r,
  3. Adam sarmanzilig'a joni g'amgin intiqolin so'r,
  4. Jafo tarkin qilib, gah-gah kelib bu xasta holin so'r,
  5. Ki har dam toza-toza jon topay mundoq so'roshingdin.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Sipehri husn uza to jilva qilding, ey mahi ravshan,
  2. Jahon ahlig'a g'avg'o tushdi mahshar ahlidek bezan,
  3. Birov yo'q, bo'lmag'on rasvoyi ishqing ul sifatkim man,
  4. Agar ulg'aysang, ey dilbar, na ofat bo'lg'asen, bilman,
  5. Jahong'a bo'yla solding sho'ru shar kichkina boshingdin.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Samakdin to samo ohing o'ti birla yorug'durkim,
  2. Binoyi dahr ashking selidin har yon yiquqdurkim,
  3. Ma'alqissa na yerga yuz urubsen ul buzuqdurkim,
  4. Nihon bormoq iloji Ogahiy ko'yiga yo'qdurkim,
  5. Borur to'fon agar har erga borsang ohu yoshingdin.