Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (44)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · May, soqiy va rindlik · 5 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 400-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 5 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Chu ishq dashtida xayli balo erur ming lak,
  2. Kim onda qo'ysa qadam lozimidurur o'lmak,
  3. Belingni bog'lag'il, ey soliki tariqat, bak,
Asos g‘azal bayti
  1. Desangki, dashti fano ahlig'a bo'lay hamtak,
  2. Ne do'st g'ayri esa, silk barchasig'an etak.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Bo'lub hamisha havou havas otig'a suvor,
  2. Qachong'a tegru choparsan oni yaminu yasor,
  3. Kel emdi toshlab o'zing faqr eli ayoqig'a xor
Asos g‘azal bayti
  1. Qil o'zlukung kesokin paymol birla g'ubor,
  2. Yo'q ersa bolchlig' o'lur fisq suyidin bu kesak.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kiyibsan, eyki, necha qot libosi shohona,
  2. Haqir bilma ko'rub kisvati faqirona,
  3. Taammul ayla, esang hushmandu farzona,
Asos g‘azal bayti
  1. Gadou xirqada o'lmak nechukki parvona,
  2. Yo'q ulki, hulla aro shoh o'ylakim ko'palak.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Kishiki ko'nglini xoli tutor nechukkim nay,
  2. Navo etar ango bu bazm ichra paydarpay,
  3. Bu so'zga tut quloq, ey rindi volau lo shay,
Asos g‘azal bayti
  1. Ango bu dayri fano ichra tutti mug'bacha may
  2. Ki, tishni bag'rig'a berkitmakini qildi gazak.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Sipehri dun sitamidin vafo eli payvast,
  2. Erurlar Ogahiydek g'ussa qaydig'a pobast,
  3. Chu dahr holi budur, ey rafiqi bodaparast,
Asos g‘azal bayti
  1. Navoiy bo'lsa, ne tong, bazm ichida ko'proq mast,
  2. Ki, g'ussa jomini davron tutar ango ko'prak.