Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

NAVOIY G'AZALIGA MUXAMMAS (45)

Alisher Navoiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 5 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 401-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 5 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Navbahor ayyomi to bog' ichra xandon bo'ldi gul,
  2. Rang-u bo'din ziynatafzoyi guliston bo'ldi gul,
  3. Garchi lutf-u husn ila yaktoyi davron bo'ldi gul,
Asos g‘azal bayti
  1. Orazingni bog' aro chun ko'rdi, hayron bo'ldi gul,
  2. Bargsiz qoldi, nedinkim, bas parishon bo'ldi gul.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Charx avjidin tushub yer uzra, ey xurshidi moh,
  2. Aylabon qulluq toping andozasiz iqbol-u joh,
  3. Kim bukun ayni karam birla kiyib zarrin kuloh,
Asos g‘azal bayti
  1. Guluzorim kishvari husn ichra bo'ldi podshoh,
  2. Rost andoqkim chaman mulkida sulton bo'ldi gul.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yuz adou noz ila ul xublarning purfani,
  2. Jilva qildi bazm aro, aylab libosin savsani,
  3. Tong yo'q emdi shavq, agar beixtiyor aylab meni,
Asos g‘azal bayti
  1. La'lin istarmen, qoshimg'a kelsa ul gul xirmani,
  2. May tilar ko'nglum, chu bazmimda farovon bo'ldi gul.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ming alam hijronda tortib, har nafas, ey andalib,
  2. Gul visolig'a chu bo'lding dastras, ey andalib,
  3. Aylamay xomushlug' emdi havas, ey andalib,
Asos g‘azal bayti
  1. Kecha-kunduz qilma gulbongingni bas, ey andalib,
  2. Kim sango besh kun bu gulshan ichra mehmon bo'ldi gul.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ogahiy, silkib etak olam sarobo'stonig'a,
  2. Berma ko'ngling guljabinlar ahd ila paymonig'a,
  3. Ko'rki, rahm etmay dame faryod ila afg'onig'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Gul chog'i yori safar aylab Navoiy jonig'a,
  2. Har biri bir toza qonlig' dog'i hijron bo'ldi gul.