Asosiy mazmunga o‘tish
OGAHIY
Muxammaslar

ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (46)

Rojiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 9 band

Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 402-403-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%

0 / 9 band

Misra ustiga bosing — izoh ochiladi

1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul nav' qilmish erdi mani ro'za bedimog'
  2. Kim tushmish erdi erga boshim o'ylakim ayog',
  3. Ham tiyra bo'lmish erdi ko'zim ham asam qulog',
Asos g‘azal bayti
  1. Soqiy yetushti iyd, o'lubon ro'zadin farog',
  2. Xamyozai xumor og'iz ochmay, ketur oyog'.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xub erdi bazmi aysh aro orom tutmog'ing,
  2. Maxmurlarg'a bodayi gulfom tutmog'ing,
  3. Ham vaqti subh sunmoq ham shom tutmog'ing,
Asos g‘azal bayti
  1. Favt o'ldi ro'za ichra necha jom tutmog'ing,
  2. Emdi oning qazosin ado aylagil bu chog'.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Xalqi jahong'a zohir o'lub lutfi Kirdikor,
  2. Holimg'a yuz qo'yub farahu fayzi beshumor,
  3. Yer yuzi bo'lmish o'ylaki Firdavsi lolazor,
Asos g‘azal bayti
  1. Ayyomi iyd kelmish ham mavsumi bahor,
  2. Ravnaqfizoyi olam o'lub bog', balki zog'.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Yetti chamang'a zeb aylar ziynat shumorasiz,
  2. Har sarv-u bo'ldi husn ila bir navarus qiz,
  3. Har yon oqar suv nash'a berib o'ylakim qimiz,
Asos g‘azal bayti
  1. Shabnam suyig'a g'uncha ocha boshladi og'iz,
  2. Gullar yorutdi iyd kuni har sori chirog'.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul tun yetushti, ayla farahlar jahong'akim,
  2. Chiqdi sadoyi aysh-u nishot osmong'akim,
  3. Yetti behisht ziynati har bir makong'akim,
Asos g‘azal bayti
  1. Bo'lsin muborak ushbu tun ul hukmrong'akim,
  2. Xorazm mulki bo'lmish oning adli birla bog'.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Ul podshohi xulqi shi'am gullarin ochib,
  2. Ehsoni lutf-u noz-u ni'am gullarin ochib,
  3. Adlu atou bazlu diram gullarin ochib,
Asos g‘azal bayti
  1. Bu bog' ichida judu karam gullarin ochib,
  2. Zulmi sitam tikonlarini surdi har qirog'.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. To saltanat nigini anga bo'lg'oli nasib,
  2. Aysh-u nashot bo'ldi jahon ahlig'a qarib,
  3. Har bir makonda amn gulin terdi har g'arib,
Asos g‘azal bayti
  1. Yo Rab, bu shahki gulshani olamga berdi zeb,
  2. Bo'lsun hamisha masnad davlatida joni sog'.
8-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Shahlar majolisida maqomini ayla sadr,
  2. Qil xoksor har kim anga zohir etsa g'adr,
  3. Et davlati hilolini tadrij birla badr,
Asos g‘azal bayti
  1. Har bir kunin iyd etubon, har tunini qadr,
  2. Kun-kundin ayla aysh-u nishotin ziyodaroq.
9-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
  1. Aylar chog'i duo shahi davlatpanohig'a,
  2. Zor-u tazarru' Ogahiy aylar Ilohig'a,
  3. Istar ziyodalig' tun-u kun izzu johig'a,
Asos g‘azal bayti
  1. Rojiy qilurg'a tahniyati iyd shohig'a,
  2. Ushbu g'azalni bitti, midod aylabon qarog'.