Muxammaslar
ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (47)
Rojiy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 5 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 403-404-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 5 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Aylasa zebo jamolin har qachon izhor gul,
- Qilg'usi yer yuzini bog'i behishtosor gul,
- Topmoqi ermas ajib husn ichra bu miqdor gul,
Asos g‘azal bayti
- Buki sonchibdur boshig'a zeb uchun dildor gul,
- Topmish oning husni birla zebi far bisyor gul.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Yor boda no'sh etar ag'yor ila hamdam bo'lub,
- Man o'larman zahri hasrat birla paymonam to'lub,
- Gar oning oldig'a borib yolborib, tufrog' o'lub,
Asos g‘azal bayti
- Desam ayrilg'il onga ag'yordin aytur kulub,
- Bo'lg'usidur muttasil har yerda bo'lsa xor gul.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ey sitamgar, lutf etib, olg'il jamolingdin niqob,
- Zulm ila bu bedilingg'a berma ko'p ranju azob,
- Rahm etib o'z joninga, tark et dame qahru itob,
Asos g‘azal bayti
- Ishq tanho aylamas bulbulning ahvolin xarob,
- Ko'r, nechuk bo'lmishdurur har sori yuz afkor gul.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bu jahon sarto qadam dard-u mehnat joyi emish,
- Anda amniyat na yoz imkoni bor ermish, na qish,
- Yo'q emish hasrat bila o'lmakdin o'zga hech ish,
Asos g‘azal bayti
- Dahr bog'i bevafo erkonini go'yo anglamish,
- Motamilardek yuzida chok etar izhor gul.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Olam ichra ul kishi urg'usidur go'yi vafo,
- Kim ulusdin ko'rmak ummid aylamas ro'yi vafo,
- Gar erursan Ogahiydek, moyili so'i vafo,
Asos g‘azal bayti
- Rojiy olam gulshanidin tutma ko'z bo'yi vafo,
- Yetkurur bulbulg'a har dam yuz tuman ozor gul.