Muxammaslar
ROJIY G'AZALIGA MUXAMMAS (48)
Rojiy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 404-405-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lub subhim firoqing ichra shom ohista-ohista,
- Fig'onu nola aylarman mudom ohista-ohista,
- Mani aylarga gohi shodkom ohista-ohista,
Asos g‘azal bayti
- Kel, ey sarvi ravon, aylab xirom ohista-ohista,
- Kirib jon gulshanida qil maqom ohista-ohista.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Manga dard-u balo zindonidur subh-u maso maskan,
- Ko'zim xira, dilim tiyra, tanim xasta, tilim alkan,
- Bu holimg'a tarahhum zohir aylab, ey mahi purfan,
Asos g‘azal bayti
- Firoqingda qororg'on ko'zlarimni aylagil ravshan,
- Ochib gah-gah ruxi xurshidfom ohista-ohista.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Demishsan dardga toqat qila olmishsen ishq ichra,
- Mihan tig'i bila ko'ksung tila olmishsen ishq ichra,
- Oyoq g'am dashtig'a bosib kela olmishsen ishq ichra,
Asos g‘azal bayti
- Dema bosh o'ynamoq rasmin bila olmishsen ishq ichra,
- Bilur sarbozlar rasmi nizom ohista-ohista.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bo'lubman to g'ami ishqing aro bechora-yu vola,
- Qadim bo'lmishdurur mehnat yukidin o'ylakim hola,
- Bu hay'at birla bazmingg'a yetibman toyau tola,
Asos g‘azal bayti
- Mug'anniy, tuz biyik sozingniyu, chekkil biyik nola,
- Emas dilxoh soz etmak davom ohista-ohista.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Agar hushing esa bir dam, eshit pandimni, ey odam,
- Yema hayvon misillik harna kelsa oldinga har dam,
- Bo'lubdur nafsi sarkash ruhga mustavli-yu ahkam,
Asos g‘azal bayti
- Desangkim, nafs rom o'lsun, riyozat aylagil kam-kam,
- Solurlar badlagom otg'a lijom ohista-ohista.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Qanoat gulshani izzatg'a elni aylabon vosil,
- Tama' zindoni zillatg'a qilur beraybu shak doxil,
- Tutubon jahlu g'aflat tarkini olamda, ey oqil,
Asos g‘azal bayti
- Chu donishda chiqarding ot, qanoat fayzin et hosil,
- Tama'din elga bordur nangu nom ohista-ohista.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kelibdur to adamdin Ogahiy bu olami dung'a,
- Bo'lubdur mubtalo dard-u g'am behadu afzung'a,
- Tarahhum aylabon ilging sunub sahboyi gulgung'a,
Asos g‘azal bayti
- Ketur soqiy payopay jomi may Rojiyi mahzung'a,
- G'ami daf'in qilur shurbi mudom ohista-ohista.