Muxammaslar
FUZULIY G'AZALIGA MUXAMMAS (49)
Muhammad Fuzuliy g‘azaliga taxmis · Ishq, hijron va firoq · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 405-406-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- To joni xazinim alami ishqqa makondur,
- Yuz tig' balo zaxmlari onda nihondur,
- Jon do'stlig'i mayli agar sanda ayondur,
Asos g‘azal bayti
- Jon verma g'ami ishqa, ki ishq ofati jondur,
- Ishq ofati jon o'ldug'i mashhuri jahondur.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Bori g'ami ishq etti necha sherni ojiz,
- Kechgil havasdin, sanga aql o'lsa qiloviz,
- Savdoi g'ami ishq emas aql ila joiz,
Asos g‘azal bayti
- Sud etma savdoi g'ami ishqida hargiz
- Kim, hosili savdoi g'am ishqqa ziyondur.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Davron aro asru ko'p erur sho'xi diloro,
- Siyminbaru gulpirahanu qomati zebo,
- Ochsang nazaringni agar aylarga tamosho,
Asos g‘azal bayti
- Yaxshi ko'runur surat mahvashlaring ammo,
- Yaxshi nazar etdugicha saranjomi yomondur.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Sho'xi qaro ko'zlar ko'b erur dahr aro lekin,
- Bordur hamasi javri jafo rasmida sokin,
- Gar istar esang bo'lmoq alor zulmidin emin,
Asos g‘azal bayti
- Yod etma qaro ko'zlilaring mardumi chashmin,
- Mardum deyub oldonmaki, ichduklari qondur.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Har sabza xat, ey dil, sanga bir fitnayi navxez,
- Har chashmi siyoh zahr ila bir sog'ari labrez,
- Har nuki mija joningga bir nishtari tez,
Asos g‘azal bayti
- Har abro'yi xam qatlinga bir xanjari xunrez,
- Har zulfi siyah qasdinga bir af'i yilondur.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ishq ichra dilbarona agar qo'ysa qadam kim,
- Qilg'usi halok oni dame tig'i nadamkim,
- Dema, ne bo'lursen qilurin ishqi sitamkim,
Asos g‘azal bayti
- Ishq ichra azob o'ldug'in ondin biluramkim,
- Har kimsaki oshiqdur — ishi oh-u fig'ondur.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Xublarda agar har nechakim husni ado vor,
- Yuz oncha alarda sitam-u javr-u jafo vor,
- Bas, Ogahiyo, aqlu xirad bo'lsa sanga vor,
Asos g‘azal bayti
- Gar desa Fuzuliyki go'zallarda vafo bor.
- Aldanmaki, shoir so'zi albatta yalondur.