Muxammaslar
G'OZIY G'AZALIGA MUXAMMAS (50)
G‘oziy g‘azaliga taxmis · Bahor, gul va bulbul · 7 band
Mutaxassis tasdiqlaganMuxammaslar bo‘limi, 406-407-betlar
O‘qish taraqqiyoti0%
0 / 7 band
Misra ustiga bosing — izoh ochiladi
1-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Ne dilbarsanki, monanding qazo kilki raqam qilmas,
- Qadu ruxsoringoso sarv ila gulni baham qilmas,
- Ko'rib jon qomating, To'big'a ranja bir qadam qilmas.
Asos g‘azal bayti
- Ko'ngul ko'rsa yuzingni, mayli gulzori Eram qilmas,
- Na gulzori Eram yodi, guli Firdavs ham qilmas.
2-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Chu ul zolim manga ikki ko'zin xunxoralar qildi,
- Dilu jonimni majruh aylabon, ovoralar qildi,
- Demay yolg'uz, jafosi tig'i jismim yoralar qildi,
Asos g‘azal bayti
- Chekib yuz noz ila xanjar, yurakim poralar qildi,
- Kishi o'z dushmanig'a bu sifat hargiz sitam qilmas.
3-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Baland etmak uchun olamda qadr-u e'tiborini,
- Munavvar qilg'oli ham tiyra chashmi intizorini,
- Qilib sayr ul quyoshning xok ko'yi lolazorini,
Asos g‘azal bayti
- Sabo ag'yora eltur to'tyoliqg'a g'uborini,
- Sirishkim ko'yining tufrog'ini behuda nam qilmas.
4-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Kiyib zebo qadig'a lolagun to'nlar bori zarkash,
- Quyoshdek boshim uzra tig' tortib sekratib abrash,
- G'azab birla shitob aylab, bo'lub sarto qadam otash,
Asos g‘azal bayti
- Xudog'a shukrkim, javr-u jafou zulmin ul mahvash
- Qilur kun-kundin afzun jonima, bir zarra kam qilmas.
5-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Agar g'am shiddati ichra eshitib nolau zoring,
- Qilib nogah tarahhum holinga tark aylab ozoring,
- Navozish aylasa dildorlig'lar ko'rguzub yoring,
Asos g‘azal bayti
- Raqibo, qilma nozish man ko'ran yor o'lsa dildoring,
- Mani shod etmadi bori, sani ham muhtaram qilmas.
6-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Necha yil xonaqoh ichra bo'lub shayton kibi sojid,
- Matoi toating qilding riyo bozorida kosid,
- Ishingning oxiri bilmon ne yerga bo'lg'usi oid,
Asos g‘azal bayti
- Ko'rub ul but qoshin mehroba qilding sajda, ey zohid,
- San etkan ishni, billoh, hech ruhboni sanam qilmas.
7-bandTayyorlanmoqda
Ogahiy misralari
- Murodi Ogahiyning bo'lsa piri dayr hamrozi,
- Xaroboti fanoda rindlarning yor-u damsozi,
- Bo'lub iqbol agar oning bu holi chorapardozi,
Asos g‘azal bayti
- Muyassar bo'lsa sing'on kosavu gulxan kuli G'oziy,
- Havoi taxti Doro, orzuyi Jomi Jam qilmas.